Özbekistonda kvartiralar topşirilişi töqqiz oyda 25,2% oşdi (+video)
2026-yil uçun 140 206 ta kvartiralik reja 48,4 foizga bajarildi. “Yangi Özbekiston” massivlarida 13 408 ta kvartira topşirildi, bu yillik rejaning qariyb 40 foizi.
2026-yil yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda 67 859 ta kvartira foydalanişga topşirildi. Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligining maʼlumotlariga köra, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 13 683 taga yoki 25,2 foizga köp. 2025-yilning şu davrida qariyb 54,2 ming kvartira topşirilgan edi. 2026-yil uçun reja 140 206 ta kvartirani taşkil etadi, 1-oktabr holatiga u 48,4 foizga bajarildi. Rejani töliq bajariş uçun törtinçi çorakda yana 72 347 ta kvartira topşirilişi kerak, yaʼni dastlabki töqqiz oydagidan köproq.
Vazirlik 2021-yildan buyon barpo etilayotgan “Yangi Özbekiston” massivlari böyiça alohida maʼlumot keltirdi: u yerlarda uy-joydan taşqari yöl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obʼektlari quriladi. 2022–2025-yillarda bu massivlarda 55 264 ta kvartira foydalanişga topşirildi. 2026-yilda 61 ta massivda jami 33 926 ta kvartira quriş belgilangan. 1-oktabr holatiga ulardan 13 408 tasi topşirildi, bu yillik rejaning qariyb 40 foizi.
Töqqiz oyda mamlakatda topşirilgan barça kvartiralarning taxminan beşdan bir qismi (19,8 foiz) massivlarga töğri keldi. Özbekiston aholisi 39,5 mln kişiga yetdi, ulardan 21,5 mln nafari şaharlarda yaşaydi, urbanizatsiya darajasi 54,4 foizni taşkil etadi. “Özbekiston — 2030” strategiyasida bu körsatkiçni 60 foizga yetkaziş maqsad qilingan. Sönggi 10 yilda mamlakatda 12 mingta köp qavatli uy qurilib, 600 mingdan ortiq xonadon foydalanişga topşirildi, aholi jon boşiga uy-joy maydoni 19,2 kvadrat metrdan oşdi.
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, ÖzA