Qömita qarorining qonuniyligi sud tomonidan tasdiqlandi
Raqobat qömitasi Buxoro viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan “Hududgaztaʼminot” AJning “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali faoliyatida “Raqobat töğrisida”gi qonunning 18-moddasi talablari buzilişi bilan boğliq holatlar yuzasidan tegişli çoralar körildi.
Örganiş davomida tovarni realizatsiya qilişda yoki olişda kamsituvçi şart-şaroitlarni belgilaş, tovardan foydalaniş şartlarini majburan qabul qildiriş, şuningdek, körsatilmagan yoki bepul körsatilişi lozim bölgan xizmatlar uçun haq hisoblaş holatlari aniqlandi.
Boşqarma tomonidan tadbirkorlik subʼektlariga ortiqça hisoblangan jami 547 million 938 ming 880 söm miqdoridagi mablağlarni qaytariş va tegişli summalarni çegiriş yuzasidan körsatma berildi.
Natijada jami 547,9 million söm miqdoridagi ortiqça hisoblangan mablağlar “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali tomonidan qayta hisob-kitob qilinişi va tegişli summalar çegirilişi taʼminlandi.
“Hududgaztaʼminot” AJ Boşqarma qarori ustidan kassatsiya va taftiş şikoyatlari bergan. Sud jarayonida keltirilgan vajlar batafsil körib çiqilib, boşqarma qarorining qonuniyligi va asosliligi sudning tegişli hujjatlari bilan tasdiqlandi.
N.Rahmonova,
ÖzA