Quriliş va kommunal sohadagi murojaatlar qay darajada hal etilmoqda?
Quriliş va kommunal sohasi aholining kundalik hayoti, yaşaş va turmuş tarzi bilan boğliq bölgan yönaliş hisoblanadi. Şuning uçun ham uşbu tarmoqdagi muammolar tezda közga taşlanadi, fuqarolarning bu boradagi eʼtirozlari, murojaatlari köp böladi.
Xususan, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligiga 2026-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik şaxslardan 21 ming 529 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning 17 ming 857 tasi ijobiy hal etilgan bölsa, qolgan murojaatlar böyiça qonunçilikda belgilangan çoralar körilgan.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasi tomonidan ötkazilgan eşituvda aytib ötildi. Unda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining “2026-yilning 9 oyida jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaş holati töğrisida”gi axboroti eşitildi.

Eşituvda vazir örinbosari qayd etganidek, sohada amalga oşirilgan işlar natijasida issiqlik taʼminoti böyiça murojaatlar 37 foizga, quriliş sifati böyiça 36 foizga, liftlarni taʼmirlaş böyiça 37 foizga kamaygan. Şuningdek, murojaatlar ijrosi “Şaffof quriliş” platformasi orqali nazorat qilinmoqda, 1298 raqamli “Işonç telefoni” 24/7 rejimida işlamoqda.
Muhokamalar davomida deputatlar noqonuniy qurilişlar, arxitektura va şaharsozlik, qurilişga ruxsat beriş hamda köp kvartirali uylarni boşqariş yönalişlaridagi murojaatlarga alohida töxtalib ötdilar. Boşqaruv taşkilotlari faoliyati, uylarga texnik xizmat körsatiş sifati, umumiy mulkni saqlaş va taʼmirlaş bilan boğliq muammolar yuzasidan savollar örtaga taşlandi va tegişli javoblar olindi.
M.Komilova, ÖzA