51 million sömlik pirotexnika vositalari töxtatib qolindi
Namangan viloyatining Pop tumanida joylaşgan Namangan YPX maskanida poytaxtga sotiş maqsadida olib ketilayotgan, dastlabki qiymati 51 million sömga teng bölgan 2 turdagi jami 197 dona salyut pirotexnika vositalari töxtatib qolindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Bojxona qömitasi maʼlum qildi.
Xabarda qayd etilganidek, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi hamda Bojxona qömitasi Targetlaş va xavflarni monitoring qiliş boşqarmasi xodimlari tomonidan DXX va IIB YPX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida fuqaro boşqaruvidagi “PORTER” rusumli avtomaşina Namangan viloyatining Pop tumanida joylaşgan Namangan YPX maskanida töxtatilib, inspeksion körik majmuasi yordamida tekşiruvdan ötkazildi.
Tekşiruv jarayonida avtomaşina yukxonasiga maxsus yasalgan yaşirin bölmaga joylaştirilgan, dastlabki qiymati 51 million sömga teng bölgan 2 turdagi jami 197 dona salyut pirotexnika vositalari aniqlangan va uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
M.Komilova,
ÖzA