Özbekiston va Turkiya kompaniyalari qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatini muhokama qildi
Toşkentda Özbekiston – Turkiya Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajali kengaşining birinçi yiğilişi doirasida ikki mamlakat işbilarmonlari iştirokida biznes-forum bölib ötdi.
Turkiya delegatsiyasi 200 ta kompaniya vakillari va yuqori böğin menejerlarini qamrab oldi. Ular orasida “OYAK”, “Anadolu Group”, “Chalık Holding”, “Aksa Energy”, “Cengiz Enerji”, “Tekfen Holding”, “Trendyol”, “Vestel”, “Otokar”, “Ro‘nesans Holding”, “Ziraat Bank” va “Abdi Ibrahim” kabi yirik kompaniyalar vakillari bor.
Forumda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş hamda ustuvor tarmoqlarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalasi muhokama qilindi. Energetika, transport, toğ-kon sanoati, geologiya, maşinasozlik, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va qayta işlaş sohasida hamkorlik imkoniyatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, moliyaviy texnologiya va zamonaviy işlab çiqarişni rivojlantiriş böyiça takliflar körib çiqildi.
Tadbir doirasida toğ-kon va qayta işlaş sanoati, farmatsevtika, quriliş, raqamli iqtisodiyot hamda moliyaviy texnologiyalar yönalişlarida qöşma taşabbuslarni nazarda tutuvçi 10 ta ikki tomonlama hujjat almaşildi.
Forumning davomida B2B va G2B formatlarida uçraşuvlar taşkil etildi. Tadbirkorlar va davlat idoralari vakillari investitsiya loyihalari, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, texnologik şeriklik va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.
[gallery-32606]
Dilşod HAKIMOV,
Damin RIZAYEV (surat),
ÖzA