Har bir yangi korxona yangi imkoniyat, investitsiya esa iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida sanoatni rivojlantiriş, işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş hamda eksport hajmini oşiriş iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda jahon bozorida raqobat tobora kuçayib borayotgan bir şaroitda hududlarning iqtisodiy salohiyatini röyobga çiqariş, mavjud xomaşyo va tabiiy resurslarni çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Navbahor tumanida ham sanoatni yangi bosqiçga olib çiqiş, işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va eksport geografiyasini diversifikatsiya qiliş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Xorijiy investitsiyalar sanoat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida tumanda 7 ta korxona tomonidan jami 124,4 million AQŞ dollari miqdoridagi investitsiya özlaştirildi. Jumladan, sanoat yönalişidagi 6 ta korxonaga 113,6 million dollar, qişloq xöjaligi sohasidagi 1 ta korxonaga esa 10,8 million dollar töğri keladi.
Ayniqsa, işlab çiqarişning yangi yönalişlarini özlaştiriş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirişga qaratilgan loyihalar alohida ahamiyatga ega. “Jinfeng Salar International Commerce” xorijiy korxonasi tomonidan quriliş materiallari işlab çiqariş loyihasi doirasida 42,3 million dollar, “Bao Long Xalqaro” xorijiy korxonasi tomonidan baliq uçun yem mahsulotlari işlab çiqariş loyihasi doirasida esa 41 million dollar investitsiya özlaştirildi.

Mazkur loyihalar tumanda sanoat işlab çiqarişining tarmoq tarkibini kengaytiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini şakllantiriş va mahalliy iqtisodiyotga zamonaviy texnologiyalarni olib kirişda muhim örin tutadi.
Yil yakuniga qadar xorijiy investitsiyalar hajmini 150 million dollarga yetkaziş közda tutilgan. Bunda “NBK 111” MÇJ tomonidan “Pirali” oltin istiqbolli maydonida geologiya-qidiruv işlarini olib boriş loyihasi doirasida qöşimça 22 million dollar investitsiya özlaştirilişi rejalaştirilgan.
2027-yilda tumanda jami 191 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş vazifasi belgilangan. Xususan, “TIANÇENG ŞALE” MÇJ tomonidan 20 million dollarlik, yuqori texnologiyali, olovbardoş plitalar işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan. “NAVBAHOR JIAJIA CLUSTER” MÇJ tomonidan esa 20 million dollarlik loyiha doirasida 2 ming gektar yer maydonida Xitoyning Şinjon tajribasi asosida paxta yetiştiriş işlari yölga qöyiladi.

Şuningdek, “AGROHIM NAVOI” MÇJ tomonidan yillik işlab çiqariş quvvati 20 ming tonna bölgan mineral öğitlar işlab çiqariş loyihasi amalga oşirilişi közda tutilgan. Qiymati 10 million dollar bölgan mazkur loyiha doirasida 12 ta yangi iş örni yaratiladi.
Bu kabi taşabbuslar nafaqat işlab çiqariş hajmini oşiriş, balki sanoat tarmoqlarida zamonaviy texnologik yeçimlardan foydalaniş, resurslar tejamkorligini taʼminlaş va mehnat unumdorligini oşirişga xizmat qiladi.
2026-yilning yanvar-oktabr oylarida 12 ta eksportçi korxona tomonidan jami 17 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Şundan 14 million dollari sanoat mahsulotlari, 3 million dollari meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga töğri keladi. Eksport hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 185 foizga oşdi.

2026-yilning 10 oyida 24,4 million dollarlik 43 ta hududiy investitsiya loyihasi işga tuşirilib, 479 ta yangi iş örni yaratildi. Yil yakuniga qadar bu körsatkiçlarni 52 ta loyiha va 864 ta iş örniga yetkaziş rejalaştirilgan. 2027-yilda esa 144 million dollarlik 70 ta loyihani amalga oşiriş hamda 1 080 ta yangi iş örni yaratiş vazifasi belgilangan.
Asosiy maqsadimiz – tumanimizni zamonaviy işlab çiqariş, yuqori texnologiyalar va eksportga yönaltirilgan sanoat loyihalari rivojlangan hududga aylantiriş. Zero, har bir yangi korxona – yangi imkoniyat, har bir investitsiya – iqtisodiy taraqqiyot, har bir eksport şartnomasi esa hudud salohiyatining xalqaro maydondagi eʼtirofidir.
Alişer Raşidov, Navbahor tumani hokimi