5 ming dollargaça bölgan tovarlarni deklaratsiyasiz olib çiqiş mumkin
Bojxona qömitasining tegişli qarori bilan yölovçi deklaratsiyalarini rasmiylaştiriş tartibi va unga ilova qilingan meʼyorlar yangilandi.
Unga köra, endilikda xavf darajasi past elektron deklaratsiyalar bojxona xodimi iştirokisiz avtomatik rasmiylaştirilişi mumkin. Bu deklaratsiyalarda taqiqlangan yoki çeklangan tovarlar hamda yozma deklaratsiyalanişi şart bölgan naqd valyuta haqida maʼlumotlar bölmasligi kerak.
Şaxsiy ehtiyoj uçun tovarlarni bojsiz olib kiriş limitlari:
– aeroport orqali – 1 000 dollar;
– temir yöl va daryo punktlari orqali – 500 dollar;
– avtomobil yoki piyoda ötiş punktlari orqali – 300 dollar.
Deklaratsiyasiz tovar olib çiqiş limiti 5 000 dollar etib belgilandi. Bunda tayyor zargarlik buyumlari uçun meʼyor – 65 gramm oltin va 200 gramm kumuş.
Naqd milliy va çet el valyutasini olib çiqişning umumiy çegarasi esa 100 million söm ekvivalenti miqdorida belgilandi.
Mazkur hujjat 2026-yil 18-noyabrdan kuçga kirdi.
M.Komilova,
ÖzA