Özbekiston-Turkiya: geologiya va toğ-kon sohasida hamkorlik kengaymoqda
Mamlakatimizda toğ-kon sanoati va geologiya sohasini rivojlantiriş, mineral-xomaşyo bazasidan samarali foydalaniş, yangi konlarni özlaştiriş hamda tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
Mazkur yönalişda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, xorijiy kompaniyalar bilan özaro manfaatli loyihalarni amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi toğ-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islomov Turkiyaning toğ-kon sanoatida faoliyat yurituvçi “ESAN” kompaniyasi hamda köp tarmoqli “Eksim Holding” kompaniyasi delegatsiyalari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
“ESAN” kompaniyasi bilan bölib ötgan muloqotda "OKMK" AJ iştirokida taşkil etilgan "New Uzbekistan Mining" korxonasi doirasida amalga oşirilayotgan qöşma loyihaning joriy holati, uning keyingi bosqiçlarini samarali taşkil etiş va belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajariş masalalari muhokama qilindi.

“Eksim Holding” delegatsiyasi bilan uçraşuvda esa Özbekiston va Turkiya örtasida toğ-kon sanoati va geologiya sohasidagi hamkorlikni yangi yönalişlarda rivojlantiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Xususan, istiqbolli konlarni özlaştiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, işlab çiqariş jarayonlariga ilğor texnologiyalarni joriy qiliş hamda özaro manfaatli investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Uçraşuvlar davomida tomonlar mavjud hamkorlikni mustahkamlaş, yangi istiqbolli loyihalarni şakllantiriş va ularni amalga oşiriş böyiça amaliy hamkorlikni kengaytirişga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Muzokaralar yakunida belgilangan yönalişlar böyiça hamkorlikni izçil davom ettiriş va kelişilgan vazifalar ijrosini taʼminlaşga kelişib olindi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA