Prezidentimizning Turkiya davlatiga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida ko‘plab sohalarda hamkorlik qilish imkonini yanada kengaytirdi. Xususan, OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov mazkur tashrif doirasida tog‘-kon sanoati, sohadagi yangiliklar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

– Mazkur tashrif davomida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlandi, – deydi OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanov. – Bu o‘z navbatida biz kabi soha vakillari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xususan, respublikamizdagi turli sohalar, jumladan, tog‘-kon sanoatiga ham investitsiyalarni jalb qilish borasida ham so‘z yuritildi. Tashrif doirasida Turkiyaning “Esan Eczacibasi” kompaniyasi bilan birgalikda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Uchquloch konini o‘zlashtirish loyihasi bo‘yicha investitsiya bitimi imzolandi. Uning qiymati 100 million dollardan oshadi. Bu loyiha asosida bir yilda 500 ming tonna ma’dan qayta ishlanadi. Bundan tashqari, kombinatimiz tarkibidagi ruh zavodimizni xomashyo bilan ta’minlaydi.  

Shuni ta’kidlashim lozimki, O‘zbekiston – Turkiya davlatlarining do‘stona munosabatlari tufayli 2023 yilda OKMKning turk kompaniyalari bilan umumiy tovar aylanmasi 147 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning birinchi choragida esa 7 million 700 ming dollardan ko‘proq mahsulotlar mazkur davlatga eksport qilindi. Ishonamanki, mazkur hamkorliklar sohaning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/qqOi-_9uWDk?si=gn3C-l1j0NpuU30E" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘zA muxbiri

A.Musayev yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Turkiya hamkorligi: tog‘-konchilik sohasi ham rivojlanadi