Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan chet elliklar uchun «O‘zbekona» (A2 daraja) darsligi chop etildi.

Mazkur darslik 2020 yilda chop etilgan «O‘zbekona» (A1 daraja) darsligining davomi bo‘lib, u o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchilarga mo‘ljallangan.

Darslikni yaratishda chet tilni egallashning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan me’yorlariga amal qilindi. «O‘zbekona» (A2 daraja) darsligida A1 daraja uchun mo‘ljallangan birinchi darslikdan farqli ravishda til o‘rganishdagi aspektlar alohida qismlar sifatida ajratib berildi. Har bir qism avvalgi va keyingi qismlar bilan uzviy bog‘liqdir. Har uchta darsdan keyin berilgan nazorat bloklari egallangan bilim, ko‘nikmalarni amalda qo‘llash darajasini tekshirishga yo‘naltirildi.

Shu bilan birga, darslikda o‘zbek xalqining madaniyatiga oid ma’lumotlar ham alohida rukn sifatida taqdim etildi. Birinchi kitobda madaniyatga oid ma’lumotlar faqat rasmlar yordamida tushuntirilgan bo‘lsa, ikkinchi kitobda bu ruknda matn, rasm, muayyan elektron manbaga havolalar (QR-kod) ham keltirildi. «Ilovalar» qismida har bir darsdagi yangi so‘zlar lug‘ati va nazariy mavzular bo‘yicha eslatmalar o‘rin olgan. Barcha multimediali materiallar alohida kompakt diskka joylandi.

Darslikdan o‘rin olgan materiallarning zamonaviyligi, dizaynning o‘ziga xosligi millati, yoshi, kasbi, qiziqishlari turlicha bo‘lgan o‘rganuvchilarning diqqatini tortadi, o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish motivatsiyasini kuchaytiradi. Bu esa, o‘z o‘rnida, yurtimiz va xorijda o‘zbek tilining nufuzi yanada ortishiga xizmat qiladi.

D. Mamatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili bayramiga munosib tuhfa