Jizzaxda O‘zLiDeP konferensiyasi va yangi loyihalar
Jizzax şahrida O‘zLiDeP viloyat konferensiyasi bölib ötdi. Unda partiyaning saylovoldi dasturi ijrosi sarhisob qilindi, erişilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar muhokama etildi. Şuningdek, partiya Kongressiga delegatlar saylandi.
Anjumanda tuman va şahar partiya taşkilotlari delegatlari, mahalliy Kengaş deputatlari, tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoşlar, xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengaşi raisi Erkin Xolmatov maʼruzasida hisobot davridagi işlarga töxtaldi. U partiyaning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi aholi muammolarini hal etişda muhim örin tutayotganini taʼkidladi.
Dastur doirasida mobil ştablar tuzilib, sayyor qabullar yölga qöyildi. «Mahalla yettiligi» va «Inson» markazlari bilan hamkorlikda «Yurakka yöl» aksiyasi ötkazildi. Uyma-uy muloqotlar orqali aholining soğliqni saqlaş, taʼlim, kommunal xizmatlar va bandlikka oid muammolari örganildi.
Maʼruzada hudud iqtisodiyotini yuksaltirişga qaratilgan yirik taşabbuslar ham tilga olindi. Xitoy va Birlaşgan Arab Amirliklari kompaniyalari, xususan, Şandun provinsiyasi investorlari bilan hamkorlik kengaymoqda. «Özatom» agentligi tomonidan amalga oşirilayotgan loyiha doirasida Foriş tumanida kiçik quvvatli AES va uning atrofida sanoat zonasi barpo etilişi istiqboldagi muhim qadam sifatida eʼtirof etildi. Arnasoy aeroporti hamda Aydarköl sohilidagi «Aydar-Arnasoy Resort Complex» ekoturizm markazi istiqbolli loyihalar sifatida qayd etildi.
Qişloq xöjaligida «Şinjon tajribasi» joriy etildi. Paxta terimining töliq mexanizatsiyalaştirilişi yuqori natijalarga zamin yaratdi. Natijada viloyat mamlakat paxta xirmoniga munosib hissa qöşdi.
[gallery-32739]
Partiyaning inson manfaatlariga qaratilgan amaliy işlari ham eʼtibor markazida böldi. Erkin Xolmatov ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga körsatilgan kömak xususida alohida töxtaldi:
– Partiya vakillari hamda hamkor tadbirkorlar tomonidan joriy yilning ötgan davri mobaynida qariyb 2,5 milliard sömlik yordam ajratildi. Minglab ehtiyojmand oilalar oziq-ovqat, kiyim-keçak, dori-darmon va rözğor buyumlari bilan taʼminlandi.
Xotin-qizlar va yoşlarning bandligini taʼminlaşga ham ustuvor ahamiyat berildi. Ularga tikuv maşinalari va zamonaviy kompyuter texnikalari topşirildi. Köplab işsiz fuqarolar doimiy iş örinlariga ega böldi. Talabalarning şartnoma tölovlari qoplandi. Yuzlab xonadonlar otaliqqa olinib, şaroiti oğir oilalarning uy-joylari taʼmirlandi.
Şuningdek, içki yöllar asfaltlandi, elektr tarmoqlari yangilandi. Taʼlim muassasalari infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan çoralar körildi. Bu işlar partiya faoliyatida aholi ehtiyojlari ustuvor ekanini körsatadi.
Konferensiyada partiyaning yangi siyosiy dasturi loyihasi ham muhokama qilindi. Unda mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy özgarişlar töliq aks etişi zarurligi taʼkidlandi. Hujjatni bugungi islohotlar va jamiyat ehtiyojlari asosida takomillaştiriş taklif etildi.
Kelgusi vazifalar qatorida 1 327 ta boşlanğiç partiya taşkiloti faoliyatini jonlantiriş belgilandi. Deputatlik korpusi işini kuçaytiriş, elektorat safini fermerlar, ziyolilar, yoşlar va xotin-qizlar hisobiga kengaytiriş masalalari ham körib çiqildi.
Anjuman yakunida demokratik tamoyillar asosida O‘zLiDePning bölajak Kongressiga delegatlar saylandi.
A. Qayumov, J. Yorbekov (surat), ÖzA