Özbekistonning aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tajribasi eʼtirof etildi
Özbekistonning kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlaş, ularni tadbirkorlikka jalb etiş va yoşlarni manzilli qöllab-quvvatlaş borasidagi islohotlari xalqaro maydonda amaliy tajriba sifatida eʼtirof etilmoqda.
Xususan, Filippin poytaxti Manila şahrida Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) tomonidan yoşlar bandligi va inklyuziv mehnat bozorini rivojlantirişga bağişlangan xalqaro texnik seminar bölib ötdi.
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi xabariga köra, unda Özbekiston, Kambodja va Filippin vakillari hamda xalqaro taşkilotlar ekspertlari iştirok etdi.
Özbekiston uşbu anjumanga XMT tadqiqotlari ötkazilgan namunaviy davlatlardan biri va “Global Akselerator” (Global Accelerator) taşabbusining faol iştirokçisi sifatida taklif etildi. Tadbirda vazirlik vakillari ehtiyojmand oilalarni özini özi band qilişga yönaltiriş, tadbirkorlikka jalb etiş va yoşlarni manzilli qöllab-quvvatlaş böyiça milliy tajribani taqdim etdi.
XMT tadqiqotida Özbekistonning Ijtimoiy reyestr, “Yoşlar daftari” va mahalla tizimi orqali aholi bandligini taʼminlaş amaliyoti ijobiy baholandi. Şuningdek, seminar davomida yoşlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, norasmiy mehnat uluşini kamaytiriş hamda bandlik dasturlari samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA