Jizzaxda harbiy tizimdagi eng faol yoşlar yetakçilari aniqlandi
Jizzax şahrida harbiy qismlar va taʼlim muassasalarining yoşlar yetakçilari bellaşdi. «Eng namunali boşlanğiç taşkilot yetakçisi» tanlovining viloyat bosqiçida eng faol va taşabbuskor nomzodlar aniqlandi.
Jizzaxda Mudofaa, Içki işlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlarning yoşlar yetakçilari örtasida körik-tanlov ötkazildi.
Özbekiston Yoşlar ittifoqi viloyat kengaşi tomonidan taşkil etilgan bellaşuvda harbiy tizimda yoşlar bilan işlaş samaradorligini oşirgan eng faol yetakçilar saralandi.
Bellaşuvdan közlangan maqsad harbiy tizimda yoşlar bilan işlaşni kuçaytirişdir. Şuningdek, boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini takomillaştiriş közda tutildi. Taşabbuskor, bilimli va fidoyi yetakçilarni rağbatlantiriş ham muhim vazifa böldi.
Unda Mudofaa vazirligi harbiy qismlari va DXX Çegara qöşinlari vakillari qatnaşdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, Milliy gvardiya ham iştirok etdi. Içki işlar va Bojxona boşqarmalari yetakçilari ham bellaşuvga qöşildi. Jami 15 nafar yoşlar yetakçisi öz salohiyatini namoyon etdi.
Iştirokçilarning faoliyati bir neçta mezon asosida baholandi. Jumladan, 2026-yildagi loyihalar va amaliy natijalar örganildi. Yoşlar iştirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy hamda ijtimoiy tadbirlar tahlil qilindi. 2027-yilga möljallangan istiqbolli loyihalar ham körib çiqildi. Fotoalbomlar va namunaviy hujjatlarning yuritilişiga ham baho berildi. Nazariy bilimlar test sinovlari orqali tekşirildi.
Bellaşuvda faqat hisobotlar emas, amaliy taşabbuslar ham muhim örin tutdi. Yetakçilar harbiy jamoalarda yoşlar bilan işlaş tajribasini taqdim etdi. Xizmat intizomini mustahkamlaş, böş vaqtni mazmunli taşkil etiş masalalari yoritildi. Yoşlarning intellektual va maʼnaviy salohiyatini oşirişga qaratilgan işlar ham namoyiş qilindi.
[gallery-32740]
Şuningdek, iştirokçilarning jamoani boşqariş mahorati baholandi. Muammoli vaziyatlarga yeçim topiş va muloqot madaniyati ham eʼtibordan çetda qolmadi. Innovatsion ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş salohiyati ham hisobga olindi.
Bunday bellaşuvlar harbiy jamoalarda yoşlar siyosati samaradorligini oşirişga xizmat qiladi. Zero, yoşlar yetakçisi faqat tadbir taşkil etuvçi emas. U jamoada soğlom maʼnaviy muhitni mustahkamlaşga ham masʼul. Vatanparvarlik tuyğularini yuksaltiriş va taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşda uning örni muhim.
Qizğin bahslar yakunida hakamlar hayʼati ğoliblarni aniqladi. Hakamlar hayʼati qarori bilan birinçi örin ikki nafar iştirokçiga berildi. Yakuniy natijalarga köra, Mudofaa vazirligi harbiy qism vakili, kapitan Muhriddin Şamsiddinov hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi yetakçisi, leytenant Navrözbek Oçilov birinçi öringa loyiq körildi.
Ikkinçi örin Bojxona boşqarmasi yoşlar yetakçisi, kapitan Şerali Muyassarovga berildi. Uçinçi va törtinçi örinlarni Milliy gvardiya boşqarmasi yoşlar yetakçisi, leytenant Şohrux Şaxriddinov hamda DXX Çegara qöşinlari harbiy qism yoşlar yetakçisi, katta leytenant Dovutbek Mahamadaliyev egalladi.
Ğoliblar va faol iştirokçilar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Ğoliblarga mukofotlarni Özbekiston Yoşlar ittifoqi va Yoşlar işlari boşqarmasi masʼullari topşirdi.
Tanlov harbiy tizimda yoşlar bilan işlaşga yangi ğoyalar olib kirişi kutilmoqda. Unda namoyon bölgan tajriba va taşabbuslar boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini yanada takomillaştirişga turtki beradi. Eng muhimi, masʼuliyatli va fidoyi yetakçilar yoşlarni ezgu maqsadlar atrofida birlaştiradi.
A. Qayumov, J. Yorbekov (surat), ÖzA