Oçiq muloqot: murojaatlar eʼtiborda, muammolar yeçimda
Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, xususan, harbiy xizmatçilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Zero, Vatan himoyasidek şarafli va masʼuliyatli vazifani ado etayotgan harbiy xizmatçining ijtimoiy himoyasi, oilasi farovonligi va kelajakka bölgan işonçi yurt tinçligi hamda mudofaa salohiyatining muhim omilidir. Ana şu ezgu maqsadlar yölida Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus tumanida Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi taşabbusi bilan keng qamrovli ommaviy sayyor qabul taşkil etildi. Unda Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya qömondonligi, Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qömondonligi hamda boşqa kuç tuzilmalari masʼul idoralari vakillari hamkorlikda iştirok etdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi harbiy xizmatçilar va ularning oila aʼzolari bilan yuzma-yuz muloqot qiliş, ularni qiynayotgan muammolarni joyida örganiş, qonuniy murojaatlarni belgilangan tartibda körib çiqiş hamda imkon qadar amaliy yeçim topişdan iborat böldi.
Oçiq va samimiy muloqotlar davomida harbiy xizmatçilar hamda ularning oila aʼzolari tomonidan ijtimoiy himoya, xizmat faoliyati uçun yaratilgan şart-şaroitlar, nafaqadagi harbiy xizmatçilarni uy-joy bilan taʼminlaş, bandlik va işga joylaşiş kabi dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat masʼul rahbarlar tomonidan alohida eʼtibor bilan tinglanib, ularning mazmun-mohiyati çuqur örganildi.
Ayniqsa, harbiy faxriylar bilan taşkil etilgan muloqotlar tadbirga özgaça mazmun bağişladi. Ularning boy hayotiy tajribasi, xizmat yillari davomida orttirgan bilim va könikmalari, taklif hamda taşabbuslari tinglanib, bildirilgan fikrlar yuzasidan tegişli munosabat bildirildi. Zero, Vatanga sidqidildan xizmat qilgan insonlarning manfaatlarini himoya qiliş, ularning mehnatini qadrlaş va munosib hayot keçirişi uçun şaroit yaratiş yuksak eʼtibor va ehtirom namunasidir.
Sayyor qabul davomida davlat idoralari va kuç tuzilmalari masʼullarining bevosita xalq bilan uçraşuvi, muammolarni joyida örganişi hamda masʼuliyatni öz zimmasiga olişi oçiq muloqotning amaliy samaradorligini namoyon etdi.
Tadbir yakuniga köra, 100 nafardan ortiq harbiy xizmatçi va ularning oila aʼzolaridan kelib tuşgan murojaat körib çiqildi. Ularning qariyb 10 tasi ijobiy hal etilib, qolgan murojaatlar esa tegişliligi böyiça hamkor taşkilotlarga yönaltirildi va ijrosi nazoratga olindi
[gallery-32521]
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA