Millatlar birligi va yurtning faxri
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrining markaziy köçalari böylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida keng qamrovli vatanparvarlik bayram tadbiri taşkil etildi.
Unda Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qömondoni, hududdagi kuç tuzilmalari rahbarlari, harbiy xizmatçilar, yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbir avvalida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Amanbay Orinbayev yiğilganlarni uluğ sana bilan samimiy muborakbod etib, davlat bayroğining xalqimiz hayotidagi beqiyos örni, milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlaşdagi ahamiyatiga alohida töxtaldi.
Taʼkidlanganidek, davlat bayroği millatning ğururi, xalqning şaʼni, ozod va obod yurtning mustaqillik timsolidir. Unda xalqimizning asriy orzu-intilişlari, ezgu maqsadlari, tinçlik va farovonlikka bölgan işonçi mujassam. Har bir hilpiragan bayroq qalblarda Vatanga muhabbat, milliy iftixor va daxldorlik tuyğularini yanada yuksaltiradi.
[gallery-32528]
Tadbir davomida Nukus şahrining markaziy köçalari böylab tantanali marş yurişi taşkil etildi. Unda davlatimiz bayroği yuksak ehtirom bilan olib ötildi. Köçalarga kötarinki ruh, qalblarga esa çeksiz faxr va iftixor bağişlagan uşbu tantanali yuriş xalqimizning yagona Vatan atrofida jipslaşganini, milliy qadriyatlarimizga sadoqatini yana bir bor namoyon etdi.
Bayram tadbirining badiiy qismida kuy-qöşiqlar, jöşqin çiqişlar va vatanparvarlik ruhidagi konsert dasturi namoyiş etildi. Unda yangragan Vatan madhiyasi, ozodlik va istiqlolni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşdi.
Tadbirning eng hayajonli va ramziy lahzalaridan biri — davlat bayroğining navbatdagi manzili Xorazm viloyatiga tantanali ravişda topşiriş uçun yölga kuzatilişi böldi. Bu ramziy estafeta yurtimiz hududlarini yagona ezgu maqsad, umumiy ğoya va Vatanga sadoqat tuyğusi atrofida birlaştiruvçi muhim taşabbus sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.
Bayroğimiz baland bölsa, xalqimizning ruhi baland, birdamligimiz mustahkam böladi. U şunçaki davlat ramzi emas, balki keçagi tariximiz, bugungi bunyodkorligimiz va porloq kelajagimizni birlaştirgan muqaddas qadriyatdir.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA