"Adolat" SDP: halollik va qonuniylik tarafdori
Jamiyatda halollik, qonuniylik va adolat tamoyillarini mustahkamlaş, korrupsiya holatlari va ularni keltirib çiqaruvçi omillarning oldini oliş, mazkur yönalişdagi tarğibot işlari samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan "Halollik marafoni” aksiyasi ötkazilmoqda.
Partiyaning Andijon şahar kengaşi taşabbusi bilan Andijon davlat tibbiyot institutida ötkazilgan davra suhbati ham aksiya doirasidagi tadbirlardan biri böldi.
Partiya faollari, institut professor-öqituvçilari, talabalari iştirok etgan tadbirda iştirokçilarga aksiyadan közlangan asosiy maqsad, uning doirasida ötkazilayotgan tadbirlar xususida maʼlumotlar berildi. Fuqarolarga halollik ğoyasini singdiriş orqali jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaş, qonunbuziliş holatlariga çek qöyiş, yurtdoşlarimizning huquqiy bilimlari hamda bu boradagi faolligini oşiriş böyiça fikr-mulohazalar ilgari surildi.


Tadbir iştirokçilar, xususan, talaba yoşlarning mavzu doirasidagi bilimlarini yanada boyitdi. “Halollik marafoni” aksiyasi doirasidagi bu kabi davra suhbatlari partiyaning Jalaquduq, Asaka va Andijon tuman kengaşlari tomonidan ham ötkazildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri