Vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşda muhim qadam
Vatanga muhabbat, yurt taqdiriga daxldorlik va uning tinçligi hamda osoyiştaligini asraş masʼuliyati yoş avlod qalbida şakllanadigan eng uluğ fazilatlardandir.
Bugungi bilimli, maʼnaviy yetuk va vatanparvar yoşlar ertangi kunning bunyodkorlari, mamlakat taraqqiyoti va milliy armiyamizning işonçli tayançidir. Ana şu ezgu maqsad yölida Şimoli-ğarbiy harbiy okrugining Nukus garnizonida joylaşgan harbiy qismda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari iştirokida “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri taşkil etildi.

Tadbir davomida talabalar harbiy qism hayoti, harbiy xizmatçilarning kundalik faoliyati, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar. Ayniqsa, “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida muddatli harbiy xizmatni ötayotgan yoşlar uçun yaratilgan keng imkoniyatlar, kasb-hunar egallaş, zamonaviy bilim va könikmalarni özlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Şuningdek, harbiy qismda mavjud qurol-aslaha va harbiy texnikalar körgazmasi taşkil etilib, talabalarda katta qiziqiş uyğotdi. Yoşlar harbiy sohaning öziga xos jihatlari, zamonaviy armiyamizning salohiyati hamda harbiy xizmatçilarga yuklatilgan yuksak masʼuliyat haqida tasavvurga ega böldilar.

Tadbirning badiiy qismi esa Maʼnaviyat va maʼrifat markazida davom etdi. Harbiy orkestr va ijodiy çiqişlar hamrohligida namoyiş etilgan konsert dasturi iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşib, Vatan, tinçlik va mardlikni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar bilan qalblarga ezgu tuyğularni jo etdi.
Mazkur tadbir yoşlar va harbiylar örtasidagi özaro hamkorlikni mustahkamlaş, talabalarda milliy armiyamizga nisbatan faxr va iftixor tuyğularini kuçaytiriş, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Zero, armiya bilan yaqindan tanişgan, uning hayoti va faoliyatini öz közi bilan körgan yoşlar qalbida Vatan himoyaçisi bölişdek şarafli burçga hurmat yanada ortadi. Vatanparvarlik esa şunçaki söz emas, balki yurt ravnaqi, xalq tinçligi va kelajak avlodlar taqdiri uçun masʼuliyatni çuqur his etişdir.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri