O‘zbekistonning ilmiy salohiyati va tabiiy go‘zalligi uyg‘unlashgan noyob maskanlardan biri — Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida, dengiz sathidan 2650 metr balandlikda joylashgan Maidanak balandtog‘ astronomiya observatoriyasi hisoblanadi. Bu yer nafaqat astronomik tadqiqotlar uchun, balki sayyohlik va yoshlarni ilm-fanga jalb etish imkoniyatlari bilan ham alohida ahamiyatga ega.

Joriy yilning 7–8 avgust kunlari ushbu hudud turizm salohiyatini respublika va xorijda keng targ‘ib qilish maqsadida “Yulduzli osmon” astronomik ilmiy-amaliy anjumani hamda OAV vakillari va talaba-yoshlar uchun press-tur tashkil etildi. 

Tadbir Yangi O‘zbekiston universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Astronomiya instituti va “O‘zbekkosmos” hamkorligida, yoshlarni ilm-fan va ta’lim integratsiyasi doirasida zamonaviy astronomik tadqiqotlar, sohadagi yangiliklar hamda kashfiyotlar bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu tashabbus o‘quvchi va talabalar yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirildi. 

Ishtirokchilar kechgi vaqtda observatoriya bo‘ylab sayohat qildilar. Astronomiya instituti olimlari va “O‘zbekkosmos” vakillari mehmonlarga Maidanak observatoriyasining tarixi, ilm-fan uchun ahamiyati haqida so‘zlab, asosiy teleskoplar — jumladan, 1,5 metrli yirik teleskop va boshqa kuzatuv asboblarini tanishtirdilar. Ekskursiya davomida ekzoplanetalar, kometalar va yulduz to‘plamlarini kuzatish bo‘yicha qiziqarli hikoyalar tinglandi. 

So‘ng sakkiz kishidan iborat jamoalar o‘rtasida bilimlar bellashuvi — viktorinalar o‘tkazildi. Har bir jamoaga o‘ziga xos nom berilib, qoidalar tushuntirildi va g‘oliblar sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 

So‘ng mehmonlar uchun samimiy suhbatlar, kosmos mavzusidagi o‘yinlar va astronomiya bo‘yicha kichik viktorinalar o‘tkazildi. Shuningdek, “Tungi astrofotografiya” tanlovi e’lon qilinib, ishtirokchilar shtativ va fototexnika yordamida yulduzli osmonni suratga oldilar. 

Soat 21:30 dan yarim tungacha tungi osmonni teleskoplar orqali kuzatish boshlandi. Maidanakning Markaziy Osiyodagi eng musaffo osmonlaridan biri ishtirokchilarga Somon yo‘li, Saturn, yarim tunda esa Yupiter, shuningdek Vega, Altair, Deneb yulduzlarini aniq ko‘rish imkonini berdi. Ba’zi ishtirokchilar Perseid meteor oqimining ilk yorqin uchqunlarini ham kuzatishdi. Astronomlar lazerli ko‘rsatkichlar yordamida “yulduzlar xaritasi” bo‘yicha ham qiziqarli ekskursiya o‘tkazdilar. 

Maydanak balandtog‘ astronomiya observatoriyasi — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining asosiy kuzatuv maskani bo‘lib, dunyodagi eng yaxshi astroklimat sharoitlariga ega. Olimlarga ko‘ra, yiliga taxminan 2000 soat musaffo tunlar kuzatiladi, bu esa yuqori sifatli astronomik kuzatuvlar o‘tkazish imkonini beradi. 

Hududning Yevroosiyo materigi markazida, dunyodagi yirik astronomik markazlar — Kanar orollari va Gavayi orollari oralig‘ida joylashganligi ham uning strategik ahamiyatini oshiradi. Shu sababli Maidanak ko‘plab xalqaro loyihalarda faol ishtirok etadi, astrofizik ob’ektlarni doimiy monitoring qilishda muhim ilmiy baza hisoblanadi. 

Bugungi kunda observatoriyada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar 20 dan ortiq yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ular qatorida Janubiy Koreya universitetlari konsorsiumi, Yaponiya Milliy astronomiya observatoriyasi, Xitoy Fanlar akademiyasi Milliy astronomiya observatoriyalari, Fransiyaning Nitssa universiteti, Germaniyaning Gyote universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi MDU, Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh tizimi instituti, Yevropa Janubiy observatoriyasi (ESO) va boshqa yirik ilmiy tashkilotlar mavjud. 

<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/s-5H-HSu4Ak" title="MAYDANAK — YuLDUZLI OSMON OSTIDAGI ILM VA TURIZM MASKANI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ayrim OAVlarda tarqalgan “Maydanak hududi tashlandiq holda” degan xabarlarni inkor etgan holda olimlar observatoriyadan 4–5 km masofada joylashgan, ilgari harbiy o‘lchov kompleksi bo‘lgan hududda Maydanak turistik maskani barpo etilayotganini qayd etdilar. 

Maydanak balandtog‘ astronomiya observatoriyasi — bu yurtimiz ilmiy salohiyatining yorqin timsoli, astronomiya sohasidagi xalqaro hamkorlik markazi va kelajak avlod uchun ilhom manbaidir. Mazkur press-tur esa ishtirokchilarga nafaqat noyob ilmiy infratuzilmani ko‘rish, balki yulduzli osmon ostida unutilmas kechani boshdan kechirish imkonini berdi. 
Yaqin yillarda bu hudud ilmiy sayyohlik markaziga aylanishi, O‘zbekistonning jahondagi ilm-fan xaritasidagi mavqeini yanada mustahkamlashi kutilmoqda. 

M.Eshmirzayeva, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maydanak — yulduzli osmon ostidagi ilm va turizm maskani 