Millionlab sayyoh — millionlab imkoniyat demak
Bugun mamlakatimizning turistik xaritasi ança kengaydi. Tarixiy obidalar, milliy taomlar, betakror tabiat, zamonaviy şaharsozlik va mehmondöstlik xorijliklarning yurtimizga qiziqişini tobora oşirmoqda.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida 11 million 622 ming 103 nafar çet el fuqarosi turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,9 million nafarga yoki 19,4 foizga köp. Eʼtiborlisi, Özbekistonga kelayotgan sayyohlar geografiyasi hamda ularning soni mamlakatning mintaqaviy turistik markaz sifatidagi mavqei tobora mustahkamlanayotganini körsatadi.
Turistlar oqimining asosiy qismi Markaziy Osiyo davlatlari hissasiga töğri keladi. Xususan, Qirğiz Respublikasidan 3 million 180 ming, Qozoğistondan 2 million 703 ming, Tojikistondan esa 2 million 553 ming nafar fuqaro kelgan.
Bundan taşqari Rossiyadan taşrif buyurganlar soni 1 million 104 ming nafardan oşgan. Afğoniston va Xitoydan kelgan sayyohlar soni ham 430 ming nafardan yuqori bölgan. Şuningdek, Turkmanistondan 289,9 ming, Turkiyadan 169,5 ming, Hindistondan 64,3 ming va Germaniyadan 50,8 ming nafar sayyoh yurtimizga taşrif buyurgan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA