Özbekiston va Turkiya örtasida turizm sohasidagi hamkorlik böyiça qöşma harakatlar rejasi imzolandi
Tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, boy madaniy meros va milliy taomlar kabi Özbekiston hamda Turkiyani boğlab turuvçi jihatlar köp. Bu öxşaşlik esa ikki mamlakat örtasida sayyohlik aloqalarini kengaytiriş uçun katta imkoniyat yaratadi.
Istanbul şahrida bölib ötgan uçraşuv çoğida Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulov va Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildi. Muloqotda ikki mamlakat örtasidagi turistik safarlar kölamini kengaytiriş, sayyohlar uçun yangi marşrutlar taklif etiş va birgalikda turizm mahsulotlarini işlab çiqiş masalalariga eʼtibor qaratildi. Bunda xalqlarimizning muştarak tarixi, madaniyati va qadriyatlari muhim imkoniyat sifatida baholandi.
Suhbat davomida Turkiyaning turizm infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi tajribasini örganişga, xususan, turistik maskanlarni samarali boşqariş, mehmonxona xizmatlari sifatini oşiriş, tarixiy merosni saqlaş va milliy taomlar orqali sayyohlarni jalb etiş amaliyotiga qiziqiş bildirildi.

Muzokaralarda ziyorat turizmiga ham alohida örin ajratildi. Islom sivilizatsiyasiga oid tarixiy meros asosida yangi sayyohlik dasturlarini işlab çiqiş, şuningdek, xalqaro konferensiya, körgazma va biznes tadbirlarini qamrab oluvçi MICE turizmini rivojlantiriş böyiça takliflar körib çiqildi. Bundan taşqari, turizmni tarğib qilişda axborot sohasidagi hamkorlik masalalari örganildi.
Kelgusida ikki mamlakat jurnalistlari va blogerlari uçun özaro safarlar taşkil etiladi, turistik imkoniyatlar xalqaro auditoriyaga kengroq tanitiladi, mutaxassislar örtasida tajriba almaşiş faollaştiriladi. Uçraşuv yakunida 2026–2028-yillarga möljallangan turizm sohasidagi hamkorlik böyiça qöşma harakatlar rejasi imzolandi. Hujjatda sayyohlar almaşinuvini köpaytiriş, ziyorat turizmi yönalişlarini rivojlantiriş, yangi qöşma marşrutlar yaratiş, xalqaro tadbirlarda hamkorlikda qatnaşiş, kadrlar malakasini oşiriş va Özbekiston hududlarining turistik salohiyatini kengroq namoyon etişga qaratilgan vazifalar belgilangan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA