Boysunning kuz manzaralari
Surxondaryo taraflarga yana oltin kuz keldi. Tabiat bu faslda vohaning, ayniqsa, toğli Boysun tumanini közni qamaştiradigan turli rang bilan bezab, tevarak-atrofga özgaça jilo bağişlaydi.
Osmonöpar toğlar, toğ bağridagi sölim qişloqlar, fusunkor sariq va tillo rangda tovlanayotgan dov-daraxtlar kişiga özgaça zavqu şavq ulaşadi.

Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari Yunusbek Xoliyorov har yili kuz eşik qoqişi bilan ana şu gözallikni tasvirga olişga oşiqadi. Ularni jamlab, ÖzA öquvçilari bilan ham baham körişdan faxr hissini tuyadi.

– Boysunning kuzida kişini maftun etib, köngillarga zavq ulaşadigan gözallik bor, – deydi Yunusbek Xoliyorov. – Toğ çöqqilarida suzib yurgan oppoq bulutlar, kuzning salqin havosi, tabiatning turli rangda jilolanadigan maftunkor manzaralari qadimiy Boysunning naqadar uluğvor, gözal va betakror göşa ekanini yana bir bor namoyon etadi. Tabiat şaydolarini öz bağriga çorlayotgandek taassurot uyğotadi.

Fototasvirlar muallifi nafis suratlari orqali Boysunni soğinganlar toğlar qöynidan olisda bölsa ham bu göşaga maftunkor kuz fasli özgaça fayz, tarovat ulaşayotganini körsatişdan quvonadi.

Aslida ham ona tabiat Boysunni tört faslda tört xil maftunkor libos bilan burkaydi. Bu liboslar kuz va qişda ham, bahor va yozda ham qadimiy göşaning ötmişda insoniyat tamadduni beşiklaridan biri bölganini rang-barang jilo bilan nafis ohangda kuylayotgandek taassurot uyğotadi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri