Loyihaning kuzgi mavsumiga start berildi
Sirdaryo viloyatida «Yaşil makon» umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi doirasida keng kölamli köçat ekiş tadbirlariga start berildi. Şu munosabat bilan Xovos tumanidagi «Yangiyer» mahallasi hududida, örmon xöjaligiga qaraşli yer maydonida yirik köçat ekiş tadbiri taşkil etildi.
Unda Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov, Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisining birinçi örinbosari Obidjon Qudratov, Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi direktori Erkin Muhitdinov, nuroniylar, davlat va nodavlat taşkilotlari vakillari hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.
Tadbir oldidan sözga çiqqanlar «Yaşil makon» loyihasining ekologik ahamiyati, uning doirasida amalga oşirilayotgan işlar va oldinda turgan vazifalar xususida fikr bildirdilar. Taʼkidlanganidek, köçat ekiş şunçaki mavsumiy tadbir yoki belgilangan rejani bajarişdan iborat emas. Bu — hududning ekologik qiyofasini özgartiriş, tabiiy muvozanatni saqlaş va kelajak avlodlar uçun soğlom yaşaş muhitini yaratişga qaratilgan uzoq muddatli jarayondir.
Ayniqsa, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 21-sentabr kuni «Yaşil makon» umummilliy loyihasini yangi bosqiçga olib çiqiş masalalariga bağişlangan taqdimotda bildirgan fikrlari bu boradagi işlar uçun muhim mezon bölib xizmat qiladi. Davlat rahbari loyiha samaradorligini ekilgan köçatlarning bir, uç va beş yildan keyingi holati asosida baholaş zarurligini taʼkidladi.
Bu yondaşuvning mohiyati şundaki, köçat ekiş — yakuniy natija emas, balki katta ekologik işlarning boşlanişidir. Asosiy vazifa esa ekilgan har bir niholning yaşab qolişi, ildiz otib, soğlom daraxtga aylanişi uçun zarur şaroit yaratişdan iborat. Demak, endi natijadorlik faqat ekilgan köçatlar soni bilan emas, balki ularning yaşovçanligi, parvarişi va yillar davomidagi rivojlanişi bilan ham belgilanadi.
— Eng asosiysi, bu boradagi işlarga nuroniylarimiz ham faol iştirok etişib, köp yillik hayotiy tajribalaridan kelib çiqişib, tadbir iştirokçilariga öz maslahat va tavsiyalarini bermoqdalar. Maqsadimiz — atrof-muhitni yaşillikka burkaş, özimizdan keyingi avlodlarga gözal boğlar va obod hududlarni meros qilib qoldiriş, — deydi Özbekiston «Nuroniy» jamğarmasining Sirdaryo viloyati bölimi raisi Ötbosar Abdiyev.
Darhaqiqat, bugungi ekologik taşabbuslarda nuroniylarning iştiroki alohida ahamiyatga ega. Çunki tabiatga mehr, daraxt ekiş va uni asrab-avaylaş madaniyati avloddan avlodga ötib keladigan qadriyatdir. Yoşlarning bunday tadbirlarda iştirok etişi esa ularda atrof-muhitga daxldorlik hissini şakllantirişga xizmat qiladi.
Kuzgi mavsum doirasida Xovos tumanidagi mazkur hududga 6 ming tup çinor, şumtol, katalpa, qayrağoç va boşqa manzarali daraxt köçatlari ekildi. Bu jarayonda köçatlarning sifati va hudud şaroitiga mosligiga ham eʼtibor qaratildi. Eʼtiborli jihati, ekiş işlarida foydalanilayotgan köçatlarning bir qismi Sirdaryo viloyatidagi köçatçilik xöjaliklarida yetiştirilgan bölsa, qolgan qismi vodiy viloyatlaridan keltirilgan. Bu esa köçat taʼminotida mahalliy imkoniyatlardan foydalaniş bilan birga, boşqa hududlar bilan hamkorlik ham muhim örin tutayotganini körsatadi.
[gallery-32574]
— «Yaşil makon» umummilliy loyihasining joriy yil kuzgi mavsumida Sirdaryo viloyati böyiça jami 9 million 536 ming tup daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Bu kölamdagi işlarning samarali taşkil etilişi, avvalo, masʼul idoralar, mahalliy hokimliklar, korxona va taşkilotlar hamda fuqarolarning hamjihatligiga boğliq, — deydi Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi boşliği örinbosari Şuhrat Nöʼmonov.
Viloyatda kökalamzorlaştiriş işlari faqat kuzgi mavsum bilan çeklanmaydi. Jumladan, joriy yil bahorgi mavsumida hududlarda 9 million 120 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt köçatlari ekildi. Bunda köçat turlarini tanlaşda viloyatning tabiiy-iqlim şaroiti, tuproq unumdorligi va yer maydonlarining ekologik xususiyatlari hisobga olindi.
Eng muhimi, ekiş işlari bilan bir qatorda, nihollarning keyingi taqdiriga ham eʼtibor qaratilmoqda. Ularni parvarişlaş uçun masʼullar biriktirilib, suğoriş, ösiş holatini kuzatiş va muhofaza qiliş çoralari belgilangan. Zero, köçatning tutuvçanligi va soğlom rivojlanişi uning qay darajada töğri ekilişi, öz vaqtida suğorilişi hamda muntazam parvarişlanişiga bevosita boğliq.
Sirdaryo viloyati uçun kökalamzorlaştiriş işlari nafaqat aholi yaşaş joylarini obodonlaştiriş, balki hududning öziga xos tabiiy-iqlim şaroitidan kelib çiqib, şamol eroziyasi va çang-tözonga qarşi kuraşişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi «Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida şamol eroziyasining salbiy taʼsirini kamaytiriş hamda ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori doirasida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlarida, Qozoğiston va Tojikiston respublikalari bilan çegaradoş hududlarda ihota daraxtzorlari va «yaşil belboğ»lar barpo etiş işlari boşlandi.
Mazkur loyiha doirasida jami 158,7 gektar yer maydoni ajratiş va umumiy uzunligi 84 kilometr bölgan himoya örmonzorlarini taşkil etiş nazarda tutilgan. Bu maqsadda Sirdaryo viloyati hokimining 2026-yil 28-yanvardagi «Sirdaryo davlat örmon xöjaligiga “Yaşil belboğ” barpo etiş uçun yer maydonlari ajratiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Ötkazilgan xatlov va örganişlar natijasida Mirzaobod tumanida 11,36 gektar, Oqoltin tumanida 39,97 gektar, Xovos tumanida 28,35 gektar hamda Sirdaryo tumanida 79,01 gektar yer maydoni tanlab olindi. Jami 158,7 gektarni taşkil etuvçi uşbu maydonlar 84 kilometrlik çegara çiziğini qamrab oladi.
Ayni paytda loyihaning amaliy bosqiçlari ham izçil davom etmoqda. Jumladan, Mirzaobod, Xovos va Oqoltin tumanlaridagi 79,68 gektar yer maydonida loyihalaş işlari yakunlangan. Bahorgi mavsumda esa çegara hududining 3,5 kilometrlik qismida 10 ming tupdan ortiq köçat ekildi.
— «Yaşil belboğ»lar kuçli şamol va çang-tözonlarning salbiy taʼsirini kamaytiriş, tuproq eroziyasining oldini oliş hamda qişloq xöjaligi yerlarini muhofaza qilişda muhim tabiiy tösiq vazifasini bajaradi. Eng muhimi, bugun ekilayotgan har bir köçat kelajakda hududning ekologik barqarorligini taʼminlaşga munosib hissa qöşadi. Şu bois loyihani sifatli amalga oşiriş, köçatlarning tutuvçanligini taʼminlaş va ularni muntazam parvariş qilişga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz, — deydi Sirdaryo viloyati örmon xöjaligi direktori Abdulla Bolibekov.
Çegaradoş hududlarda barpo etilayotgan ihota daraxtzorlari kelgusida kuçli şamol taʼsirini pasaytiriş, çang-tözonning tarqalişini çeklaş, tuproqning unumdor qatlamini saqlaş va qişloq xöjaligi maydonlarini muhofaza qilişga xizmat qiladi. Bunday yaşil himoya hududlari nafaqat yerlar degradatsiyasining oldini oliş, balki atrof-muhitning ekologik holatini yaxşilaşda ham muhim örin tutadi.
Sirdaryoda amalga oşirilayotgan kökalamzorlaştiriş işlari, bahorgi va kuzgi mavsumlardagi köçat ekiş tadbirlari, çegaradoş hududlarda barpo etilayotgan «yaşil belboğ»lar — barçasi bir maqsadga, yaʼni viloyatning ekologik qiyofasini özgartiriş, tabiiy boyliklarini asraş va kelajak avlodlar uçun soğlom muhit yaratişga qaratilgan. Bu taşabbuslarning ahamiyati esa yillar ötişi bilan, bugun ekilgan nihollar soya-salqin beradigan daraxtlarga, himoya daraxtzorlari esa şamol va çang-tözon yölidagi mustahkam tabiiy qalqonga aylanganida yanada yaqqol namoyon böladi.
Zero, haqiqiy natija tuproqqa qadalgan köçatlar soni bilan emas, balki ularning qançasi ildiz otib, yaşab qolgani va tabiatga qançalik naf keltirayotgani bilan ölçanadi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA