Xalqaro ekspertlar hamkorligini rivojlantiriş böyiça taşabbuslar ilgari surildi
Xitoyning Sian şahrida “Bir makon, bir yöl” taşabbusi doirasida xalqaro tahlil markazlari forumi bölib ötdi. Unda 50 dan ortiq mamlakatdan 300 nafardan ziyod ekspert, diplomat va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Forum davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Belt and Road Studies Network (BRSN) xalqaro tadqiqot markazlari tarmoğiga aʼzolikka qabul qilindi.
– Odamlar bu loyihalarning foydasini kundalik hayotida his qilyaptimi? Barqaror elektr taʼminoti, manzilga tezroq yetib boriş, yangi kasbiy könikmalar va bozorlarga kengroq çiqiş imkoniyati, biz uçun eng muhim natijalar şulardir, – dedi Markaz ijroçi direktori Eldor Tulyakov yirik xalqaro loyihalarning muvaffaqiyati haqida sözlar ekan.
Şuningdek, Markaz direktori xalqaro ekspertlar hamkorligini rivojlantiriş böyiça uçta taşabbusni ilgari surdi.
Xalqaro loyihalar samaradorligini baholaşning umumiy metodologiyasini işlab çiqiş, “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli böylab tahlil markazlari hamkorlik tarmoğini şakllantiriş, yoş tadqiqotçilar stajirovkalari va qöşma ilmiy izlanişlarni kengaytiriş kabilar şular jumlasidandir.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi maʼlumotiga köra, forum doirasida Markaziy Osiyoga bağişlangan “Central Asia Insights” axborot platformasi ham işga tuşirildi.
Taşrif davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Şanxay xorijiy tillar universiteti örtasida 2026–2028-yillarga möljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA