O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i

Milliy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish maqsadida:

1. Quyidagilar milliy kinematografiyani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

kino san’atini jamiyatning ma’naviy, madaniy-ma’rifiy hayotida, jumladan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish;

kino sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;

kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmog‘i sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnik bazaga ega infratuzilmani yaratish;

kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash, kino ijodkorlari
va texnik xodimlari malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;

milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan rag‘batlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish;

sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini ta’minlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish.

2. “O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) etib qayta nomlansin.

3. Agentlik, kino san’ati va sanoati vakillarining quyidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin:

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinoфестиvaлини ta’sis etish va uni 2021 yildan boshlab muntazam o‘tkazib borish;

kino san’ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalarining kinematografiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish;

“Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimotini har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib borish;

milliy kinematografiya sohasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar va mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishonini ta’sis etish.

4. Agentlik va O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi muassisligida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish va 1-ilovaga muvofiq uning vasiylik kengashi tarkibini shakllantirish haqidagi takliflari ma’qullansin.

Belgilab qo‘yilsinki:

vasiylik kengashi Markaz faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatadi hamda Markaz mablag‘lari hisobiga filmlarni moliyalashtirish sharti va tartibini belgilaydi;

milliy filmlarning xalqaro kinofestivallar va jahonning nufuzli kinobozorlarida ishtiroki Agentlik buyurtmasiga asosan Markaz tomonidan tashkillashtiriladi;

Markaz o‘z faoliyati, jumladan, har bir moliyalashtiriladigan film, moliyalashtirish hajmi va shartlari to‘g‘risida jamoatchilikni muntazam ravishda xabardor qilib boradi.

5. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

milliy film va seriallar ishlab chiqarishni hamda hamkorlikda kinomahsulotlar yaratishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlar prokatini bozor tamoyillari asosida tashkil etish;

mahalliy va xorijiy investorlarni milliy filmlarni ishlab chiqarish, prokatga berish va namoyish etishni moliyalashtirishga jalb qilish;

milliy filmlarni xorijiy tillarga hamda jahonning eng sara kino asarlarini davlat tiliga subtitrlashtirish va dublyaj qilishni moliyalashtirish;

milliy kino san’ati asarlarining xalqaro kinofestivallarda ishtirok etishini ta’minlash hamda mahalliy va xalqaro kinotadbirlarni tashkillashtirish;

O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamda faoliyat yo‘nalishi kino san’ati va sanoati vakillarining huquqlarini himoya qilish bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarini grant va ijtimoiy buyurtmalar orqali qo‘llab-quvvatlash.

6. Agentlik buyurtmasi asosida filmlar ishlab chiqarish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqarilishi belgilangan filmlar davlat buyurtmasi hisoblanadi;

filmlar ishlab chiqarish uchun davlat byudjetidan Agentlikka ajratilgan mablag‘larning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi davlat buyurtmasi asosida, qolgan qismi investitsiya mablag‘larini jalb etish sharti bilan filmlar ishlab chiqarish uchun yo‘naltiriladi;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan film ssenariysi muallifi (mualliflar jamoasi) va ssenariyga muvofiq filmni tasvirga oluvchi kinokompaniya alohida tanlov o‘tkazish orqali aniqlanadi;

har bir film uchun Agentlik Badiiy kengashi tomonidan shakllantiriladigan filmning badiiy-g‘oyaviy mazmunini ko‘rib chiquvchi zarur malaka va bilimga ega besh nafar shaxsdan ortiq bo‘lmagan tarkibda alohida maslahatchilar guruhi tashkil etiladi hamda ularning oylik ish haqi film xarajatlar smetasida nazarda tutiladi;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan film xarajatlar smetasi Agentlik tomonidan belgilangan talablarga mos keluvchi auditorlik tashkilotining ekspertizasidan o‘tkaziladi;

film moliyaviy-iqtisodiy xarajatlarining asosliligiga auditorlik tashkilotining xulosasi asosida Agentlik huzurida faoliyat yurituvchi Ekspertlar kengashi baho beradi;

film ijodkorlari va texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning gonorari (ish haqi) fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida erkin belgilanadi;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan film bir yil davomida prokatdan topgan foydaning 10 foizi tasvirga olgan kinokompaniyaga beriladi, 15 foizi Agentlik Badiiy kengashining qaroriga muvofiq film ijodkorlari o‘rtasida taqsimlanadi;

kinokompaniyalarga filmni ishlab chiqarish jarayonida film byudjetining 10 foizigacha miqdorda naqd pul bilan hisob-kitob qilishгa ruxsat etiladi. Bunda, naqd pul bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha film direktori (prodyuser), rejissyor va xizmati uchun naqd pulni olgan shaxs tomonidan dalolatnoma tuziladi va u soliq organiga topshiriladi;

film prokati Markaz tomonidan amalga oshiriladi hamda buning uchun film smeta xarajatlarida piar-kompaniya uchun ajratilgan mablag‘ Markazga yo‘naltiriladi.

7. Belgilansinki, milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga Agentlik tomonidan har yili 12 milliard so‘mдaн kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya mablag‘lari ajratiladi.

Bunda:

subsidiya olish uchun talabgor telekanal serial ijodiy loyihasini Agentlikka taqdim etadi;

Agentlik Badiiy kengashi serialning mazmun-mohiyati, mavzusi, telekanal auditoriyasi va reytingini hisobga olgan holda subsidiya mablag‘lari ajratiladigan telekanallarni aniqlaydi;

subsidiya oluvchi telekanal seriallar byudjetining kamida 50 foizini o‘z mablag‘lari hisobidan qoplashi lozim.

Agentlik uch oy muddatda milliy seriallar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda davlat dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli va xronikal filmlar ishlab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

faoliyatida dolzarb islohotlar amalga oshirilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari ro‘yxati hamda filmlarni moliyalashtirish manbalari har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

ushbu ro‘yxat va unga kiritilgan filmlarni tasvirga olish uchun zarur mablag‘lar Markazga yo‘naltiriladi;

Markaz hujjatli va xronikal filmlar ishlab chiqarishni ochiq tanlov asosida tashkil etadi.

9. Audiovizual asarlar (kino, serial, multfilm, hujjatli film, teleko‘rsatuv) yaratishda respublika hududida amalga oshirilgan xarajatlarning bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish (“rebate”) bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsin:

a) xorijiy kinokompaniyalar uchun, agar xarajatlar summasi:

3 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 10 foiz, biroq bitta film uchun 250 million so‘mдaн oshmagan miqdorda;

3 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 15 foiz, biroq bitta film uchun 650 million so‘mдaн oshmagan miqdorda;

5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lsa – 20 foiz, biroq bitta film uchun 1,5 milliard so‘mдaн oshmagan miqdorda;

10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lsa – 25 foiz, biroq bitta film uchun 3 milliard so‘mдaн oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

b) mahalliy kinokompaniyalarga ular tomonidan film ishlab chiqarishda to‘langan soliq summasining 50 foizi hisobot yili yakuniga ko‘ra qaytarib beriladi.

Belgilansinki:

mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan kompensatsiyalar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan to‘lab beriladi va bu maqsadlar uchun har yili 20 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi;

mazkur bandning “b” kichik bandi ssenariysi Agentlik bilan kelishilgan holda ishlab chiqarilgan mahalliy audiovizual asarlarga nisbatan qo‘llaniladi;

mazkur band davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan filmlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

10. Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmog‘ini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki:

a) Agentlik Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;

b) kinokompaniyalar zamonaviy infratuzilmaga ega film tasvirga olish ob’ektlarini (pavilonlarni) barpo etish bo‘yicha investitsiya kiritish majburiyatini olgan taqdirda, Respublika komissiyasining taqdimnomasiga ko‘ra:

ularga yer maydonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan elektron auksion savdolarisiz ajratiladi;

ularga nisbatan asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda va pavilon joylashgan maydon bo‘yicha yer soliqlari 3 yil davomida 50 foizlik stavkada o‘rnatiladi;

ular 2024 yilning 1 apreliga qadar ob’ektlarni jihozlash
uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan kino ishlab chiqarish qurilmalari bo‘yicha bojxona boji to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.

Bunda, Agentlik investitsiya shartnomasini davlat nomidan imzolaydi hamda ijara muddati davomida ajratilgan yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatadi.

11. Kinoteatrlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning har bir tumanida (shahrida) tarkibida jami o‘rindiqlar soni 250 tadan va kinozallari soni 3 tadan kam bo‘lmagan savdo-ko‘ngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 25 sotix yer maydonlari bepul ajratiladi;

2021 yil 1 iyuldan boshlab yangi quriladigan savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-ko‘ngilochar komplekslarida jami o‘rindiqlar soni 300 tadan va kinozallari soni 4 ta kam bo‘lmagan kinoteatr tashkil etish majburiy hisoblanadi;

2024 yil 1 yanvarga qadar kinoteatr (kinozal)lar mualliflik huquqini himoya qilish imkonini beruvchi raqamli (DCP va undan yuqori formatdagi) kino namoyishi qurilmalari bilan jihozlangan taqdirda ularni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi, biroq bitta qurilma uchun 50 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

yangi tashkil etilgan kinoteatrlarga ular faoliyatining dastlabki uch oyi davomida Agentlik buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan milliy filmlar bepul yetkazib beriladi.

12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Respublika komissiyasi bilan birgalikda mazkur Farmon 11-bandi ikkinchi xatboshisining ijrosini ta’minlash maqsadida:

2021 yil 1 iyunga qadar har bir tuman markazlarida bitta, shahar markazlarida ikkita kinoteatrlari mavjud savdo-ko‘ngilochar komplekslari tashkil etish uchun yer maydonlarini ajratsin;

2021 yil 15 iyulga qadar ajratilgan yer maydonlariga investorlarni jalb etish uchun ochiq tanlov o‘tkazsin va g‘oliblarni aniqlasin.

13. Agentlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar muddatda kino san’ati va sanoati vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida kinoshaharlar barpo etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

14. Agentlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrga qadar filmlarga nisbatan mualliflik huquqi va sotilgan har bir chiptaga doir haqqoniy ma’lumot bilan tezkor ta’minlovchi respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot тизимининг ishlab chiqilishini, 2022 yil 1 mayga qadar axborot tizimining to‘liq sinovdan o‘tkazilishini ta’minlasin.

Belgilansinki, 2022 yil 1 avgustdan boshlab mazkur axborot tizimiga ulanmagan holda kinoteatr (kinozal)larda filmlar namoyish etish chakana savdo qilish qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

15. Agentlikning Markaz huzurida axborot-multimedia striming platformasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 avgustga qadar axborot-multimedia striming platformasini ishga tushirish va uni doimiy to‘ldirib borish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

16. Markaz mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

2021-2022 yillar davomida davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan 100 milliard so‘m miqdoridagi bir martalik ajratma;

Markaz mablag‘lari hisobiga ishlab chiqarilgan filmlar kinoprokatidan tushadigan tushumlar;

Markaz mablag‘lari hisobidan to‘liq yoki qisman qaytarish sharti bilan moliyalashtirilgan filmlar bo‘yicha qaytarilgan mablag‘lar;

bo‘sh mablag‘larni vaqtincha joylashtirishdan, lotereya tashkil etish va uning faoliyati orqali olinadigan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

17. Belgilansinki, 2023 yil 1 yanvarga qadar, eksperiment tariqasida, Agentlik mablag‘lari hisobiga ishlab chiqariladigan filmlarga jalb qilingan investitsiya mablag‘lari natijasida iqtisod qilingan byudjet mablag‘lari Markazga yo‘naltiriladi.

Bunda:

Agentlikka Davlat byudjetidan film ishlab chiqarish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida ularning iqtisod qilingan qismi Markazga yo‘naltiriladi;

Markazga yo‘naltirilgan mablag‘larning 15 foizigacha miqdori investitsiya mablag‘larini jalb etgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga rag‘batlantirish sifatida ajratiladi.

Moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda eksperiment natijasi bo‘yicha uni davom ettirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

18. Agentlik:

a) bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini kiritsin;

b) ikki oy muddatda:

Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat buyurtmasi asosida film va seriallarni ishlab chiqarish bo‘yicha ijodiy tanlov o‘tkazish tartibini takomillashtirish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan film ijodkorlarini toifalash;

“Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. 2024 yil 1 yanvarga qadar 3-ilovaga muvofiq kinokompaniyalar moddiy-texnik bazasini kuchaytirish va kinoteatr (kinozal)lar uchun tovarlar olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilansin.

20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

21. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari A.A.Abduxakimov va Agentlik bosh direktori F.F.Abduxalikov belgilansin.

Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

      Prezidenti                                               Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 7 aprel

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida