Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytiradi
Anchelotti Braziliya terma jamoasini 2030-yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar boshqarib boradi.
Braziliya futbol federatsiyasi Karlo Anchelotti bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, Lotin Amerikasi vakillari italiyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirish ustida ishlamoqda. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Anchelotti Braziliya terma jamoasini 2030-yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar boshqarib boradi. ESPNning ma’lum qilishicha, shartnoma uzaytirilgan taqdirda mutaxassisning maoshi o‘zgarmaydi va 10 million yevroni tashkil etadi. Anchelotti joriy yildagi mundialda "penta kampeonlar" bilan mundial g‘olibligini tantana qilish uchun ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi so‘nggi Jahon chempionatida chorak finalda Xorvatiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashgan edi.