Braziliya terma jamoasi sobiq yulduzi Oskar faoliyatini yakunladi
Oskar faoliyati davomida "Internasional", "Chelsi", "Shanxay SIPG" va "San Paulo" klublari sharafini himoya qilgan.
Braziliya terma jamoasi va Londonning "Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Oskar katta futbol bilan xayrlashganini e’lon qildi.
Faoliyatining eng gullagan vaqtlarini Londonning "Chelsi" klubida o‘tkazgan braziliyalik futbolchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab professional faoliyatini yakunladi. Yarim himoyachi Braziliyaning "San Paulo" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U faoliyati davomida "Internasional", "Chelsi", "Shanxay SIPG" va "San Paulo" klublari sharafini himoya qilgan. Bundan tashqari Braziliya milliy terma jamoasi safida 48ta uchrashuvda maydonga tushib, 12ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Oskar kariyerasi davomida 2 marta Angliya Premer-ligasida g‘alaba qozongan. Bundan tashqari , Yevropa ligasida ham "Chelsi" klubi bilan zafar quchgan.