Yozua Kimmix: "Italiya mundialda yo‘q ekanidan xursand emasman"
Men ularni mundialda ko‘rishni juda istardim.
Germaniya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchisi Yozua Kimmix Italiya terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida gapirdi.
"Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi Jahon chempionatini ham o‘tkazib yubormoqda. Biroq bu oraliqda Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi. Biz esa so‘nggi 10-yil ichida faqatgina bir marta Konfederatsiyalar kubogida g‘alaba qozondik xolos. Ehtimol, men bu haqida gapiradigan odam emasdirman, biroq shuni aytamanki kelgusi Jahon chempionatida sizlar albatta ishtirok etasiz. Italiya - ajoyib futbolchilarga ega buyuk mamlakat. Men ularni mundialda ko‘rishni juda istardim. Shuning uchun bunday holat bo‘lganidan xursand emasman", - dedi germaniyalik xavbek.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2014-yilda Braziliya yashil maydonlari mezbonlik qilgan mundialda ishtirok etib, guruh bosqichidayoq turnir bilan xayrlashgan edi.