Didye Desham yulduzli Fransiyada ishlashning ustunliklari haqida gapirdi
Menda ustunlik bor - futbolchilarim haqiqatdan ham yaxshi.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Fransiya terma jamoasi boshqaruvi haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Menga tez-tez savol berishadi: "Oho, Mbappe, Olise, Dembele kabi yulduzlarni boshqarish oson bo‘lmasa kerak?" Ammo o‘ylaymanki, 1-Liga yoki 2-Ligada yosh futbolchilar bilan ishlash va ularni boshqarish anchagina qiyin. Chunki u yerda muammolar butunlay boshqacha bo‘ladi. Menda ustunlik bor - futbolchilarim haqiqatdan ham yaxshi. Muammo esa o‘zlarini yaxshi deb o‘ylaydigan, ammo buning aksi bo‘lgan futbolchilarni boshqarish", - dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Desham boshchiligidagi "uch ranglilar" 2018-yilda Jahon chempionligini tantana qilgan va 2022-yilda kumush medallarini qo‘lga kiritgan.