Har bir fuqaro davlat himoyasida
Xovos tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oşiriş masalalariga bağişlangan ombudsman maktabi taşkil etildi.
Unda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşi raisi, senator Pokiza Ahmedjanova, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) örinbosari Bekzod Narimanov hamda Xovos tumani hokimi Qomus Yöldoşevlar iştirok etişdi.
Muloqot davomida mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning munosib turmuş keçirişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritildi.

Taʼkidlanganidek, inson manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan ijtimoiy siyosatning ustuvor vazifasi har bir fuqaroning muammosini öz vaqtida aniqlaş, ehtiyojini örganiş va unga manzilli yordam körsatişdan iborat. Bu jarayonda davlat idoralari, mahalliy Kengaşlar va deputatlarning masʼuliyati hamda özaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ombudsman maktabida sözga çiqqan viloyat Kengaşi raisi, senator Pokiza Ahmedjanova ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oşirişda deputatlik korpusining örniga alohida töxtaldi. Xususan, joylarda aholi bilan yuzma-yuz muloqot qiliş, murojaatlarni çuqur örganiş, yordamga muhtoj oilalarni aniqlaş va ularning muammolarini tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş deputatlik faoliyatining muhim yönalişlaridan biri ekani qayd etildi.
Şuningdek, ijtimoiy yordamning manzilliligini taʼminlaş, belgilangan imtiyoz va xizmatlardan ehtiyojmand fuqarolarning öz vaqtida foydalanişi uçun zarur çoralarni köriş, murojaatlarni rasmiyatçilik uçun emas, balki aniq natijaga erişiş maqsadida körib çiqiş lozimligi taʼkidlandi.

Muloqotda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) institutining inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini taʼminlaş borasidagi faoliyati, şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarning huquqlarini taʼminlaşda jamoatçilik nazoratining ahamiyati yuzasidan ham fikr almaşildi.
Uçraşuv davomida ijtimoiy himoya xizmatlari sifatini oşiriş, idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş, fuqarolar murojaatlariga befarq bölmaslik va har bir masalaga individual yondaşiş yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Ombudsman maktabi kötarilgan masalalar ijtimoiy himoya sohasidagi işlarni yanada takomillaştiriş, aholi muammolarini joyida örganiş va ularning yeçimi böyiça amaliy çoralarni belgilaşda muhim ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, ijtimoiy davlatning asosiy mezoni — har bir insonning qadri, huquqi va manfaatlari işonçli himoyalangani, heç bir fuqaro eʼtibordan çetda qolmasligidir.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri