O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultanov joriy yilning 2 dekabr kuni Toshkent shahrida «Rothschild & Cie» banki boshqaruvchi direktori, «Rothschild&Co» kuzatuv kengashi a’zosi Baronessa Ariel Mollard de Rotshild bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston energetika sektori uchun «Rothschild & Co» moliya-xolding kompaniyasining tajribasi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, xususiylashtirish jarayoni kechishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, hozirgi vaqtda kompaniya MDHning Qozog‘iston, Rossiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarning moliyaviy tuzilmalarini xususiylashtirish jarayonida konsalting xizmatlarini taqdim etadi.

Uchrashuv chog‘ida xorijiy tomonga yagona energetika bozorini shakllantirish maqsadida mamlakatimiz neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar hususida ma’lumot berildi. O‘zbekistonning 2030 yilgacha qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM)dan foydalanish asosida generatsiya ulushini 10 GVt va an’anaviy generatsiyani 3 barobarga oshirish bo‘yicha strategiyasiga asosiy e’tibor qaratildi. Elektr energiyasi generatsiyasi kelgusida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar hisobidan davlat-xususiy sherikchiligi asosida rivojlanishi qayd etildi. 

O‘z navbatida Ariel Mollard de Rotshild mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan hayratda ekanini qayd etdi. U «Rothschild & Cie» QTEM loyihalari bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, mazkur loyihalar doirasida obligatsiyalar chiqarish va IPO (kompaniya aksiyalarini ochiq bozorda joylashtirish jarayoni)ga chiqish sohasida katta xalqaro tajribaga ega ekanini ta’kidladi. 

IPOga chiqish maqsadida har qanday kompaniya ko‘plab qat’iy belgilangan tamoyillardan o‘tadi va bu o‘z navbatida unga rasman “shaffof” bo‘lish imkonini beradi. Shu tariqa, kompaniyaning sarmoyadorlar oldida jozibadorligi ortadi, u moliyaviy jihatdan barqaror bo‘ladi, bu esa mamlakat energetika sohasi kompaniyalari va ularning muvaffaqiyatli faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar «O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz» va «Hududgazta’minot» AJlarini isloh qilishni davom ettirish sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, kelgusida IPOga chiqish bilan birga mazkur yo‘nalishda konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

 Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Energetika vazirligi: Islohotlar jarayoniga eng yaxshi dunyo tajribasi jalb qilinmoqda