Bağrikenglik – tinçlik va taraqqiyot poydevori
Tilimizda “Öz yurtim, öz Vatanim” degan ibora bor. Bu bir qaraşda oddiy tuyuladi. Aslida, uning zamirida har bir insonning millati, tili va eʼtiqodidan qatʼi nazar, şu zaminda özini teng huquqli, hurmatga sazovor fuqaro sifatida his qilişi yotadi. Bağrikenglik ana şu hissiyotning amaliy ifodasidir.
BMT Boş Assambleyasi qaroriga köra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili dunyo hamjamiyatida “Xalqaro bağrikenglik kuni” sifatida nişonlab kelinadi. Mazkur sana nişonlanişi yurtimizda ham yaxşi anʼanaga aylangan. Har yili noyabr oyi örtalaridan boşlab millatlararo va dinlararo döstlik, ahillik va birdamlikni mustahkamlaşga qaratilgan turli tadbirlarni özida jamlagan “Bağrikenglik haftaligi” ötadi.

Özbekiston hududi azaldan turli xalq, madaniyat va dinlar birlaşgan maskan hisoblanadi. Buyuk ipak yöli karvonlari savdo bilan birga ilm, yangi ğoya va urf-odatlarni ham köçirib yurgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marğinoniy, Abu Rayhon Beruniy, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi uluğ allomalarning ilmiy merosi ham bilim, muloqot va insonga hurmat anʼanalariga tayanadi.
Demak, bağrikenglik bizga çetdan kirib kelgan tuşunça emas, öz tarixiy tajribamiz hosilasidir. Bugungi Yangi Özbekiston islohotlarining mohiyati ham şu anʼanani asraş, mustahkamlaş va yanada boyitişdan iborat. Ayni jarayonni taşqaridan kuzatib kelayotgan, bizga yaqin döst – Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Şayxulislom Olloşukur Poşozoda şunday deydi:
– Özbekistonning dunyo hadis ilmiga taqdim etgan eng katta tuhfasi – Imom Buxoriy va ul zotning boy merosidir. Buxoriy maqbarasi nafaqat muqaddas ziyoratgoh, balki butun islom sivilizatsiyasining bebaho maʼnaviy va madaniy boyligidir. Bu maskan har bir özbek uçun qançalik aziz bölsa, butun musulmon olami uçun ham şunçalik qadrlidir. Samarqandning şuhratini yanada yuksaltirgan, Imom Buxoriy maqbarasini muqaddasligiga munosib muhtaşam majmuaga aylantirgan, Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etgan muhtaram Prezident Şavkat Mirziyoyev janoblariga çuqur ehtirom va samimiy minnatdorlik bildiramiz. Bu işlar Özbekiston öz tarixi, dini va maʼnaviy qadriyatlariga yuksak ehtirom bilan yondaşayotganining yorqin namunasidir. Bu diyorda amalga oşirilayotgan işlar bugun xalqaro miqyosda munosib baholanmoqda. Islom mutafakkirlari merosi butun insoniyatning umumiy boyligi sifatida namoyon bölmoqda.
Bugun jonajon Özbekistonimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 diniy konfessiya vakillari bir oila farzandlari kabi ahil, inoq yaşab, mamlakat ravnaqiga munosib hissa qöşmoqda. Bunday milliy-madaniy xilma-xillik ğoyat noyob ijtimoiy hodisadir. Zero, Yangi Özbekistonning har bir fuqarosi millati, tili va dinidan qatʼi nazar erkin, farovon yaşaydigan insonparvar davlatning örni, nufuzini oşirişga kamarbasta.
Prezident Şavkat Mirziyoyev xalqlar döstligi kuni munosabati bilan joriy yil 30-iyul kuni yöllagan bayram tabrigida millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni mamlakatning eng bebaho boyligi ekanini taʼkidlagan.
Yurtimizda 1995-yil 72 milliy-madaniy markaz faoliyat yuritgan bölsa, bugun ularning soni 157 taga yetdi. Har bir viloyatda bunday markazlar uçun “Döstlik uylari” taşkil etilgan. Mamlakatda 46 döstlik jamiyati iş olib boradi. Uşbu maskanlarda ötkazilayotgan umummilliy bayramlar, döstlik keçalari, festival va uçraşuvlar mamlakatimizning madaniy qiyofasini belgilaydigan muhim maʼrifiy tadbirlarga aylanmoqda.
Özbekistondagi taʼlim muassasalarida öquv jarayoni yetti tilda olib borilib, qardoş tillardagi maktablar davlat hisobidan darslik, adabiyot bilan taʼminlanmoqda. Teleradiokanallar orqali 12 tilda körsatuv va eşittirişlar efirga uzatilib, 14 tilda gazeta va jurnal naşr etilmoqda.
Millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni taʼminlaş Harakatlar strategiyasida alohida yönaliş sifatida belgilangan edi. Bu ustuvorlik 2022-2026-yillarga möljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham saqlandi. Konstitutsiya bilan kafolatlangan hamma uçun vijdon erkinligi 2021-yil 5-iyulda imzolangan “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi Qonun bilan yanada kuçaytirildi.
Millatlararo munosabatlar sohasida qabul qilingan 10 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati konsepsiyasi faoliyat samaradorligini oşiriş uçun muhim huquqiy asosdir.
Davlat siyosatini muvofiqlaştiriş uçun Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömita faoliyat yuritmoqda. Din işlari böyiça qömita, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kabi muassasalar ilm, taʼlim va maʼrifat yönalişida iş olib bormoqda.
2023-yildan boşlab dinlararo va konfessiyalararo hamjihatlikka hissa qöşgan insonlar “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni bilan taqdirlanmoqda. Bu yurtimizda bağrikenglik davlat tomonidan yuksak qadrlanişini körsatadi.
Mamlakatimiz bu borada jahon minbarida ham turli taşabbuslar bilan çiqmoqda. Prezidentimiz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hamda boşqa nufuzli xalqaro minbarlarda ilgari surayotgan taşabbuslari bilan islom dinining tinçlikparvarlik, bağrikenglik, insonparvarlik va ilm-maʼrifatga asoslangan ezgu mohiyatini xalqaro hamjamiyatga keng va faol tarğib etmoqda.
Muhtaram Yurtboşimiz BMT Boş Assambleyasi 72-sessiyasida “Maʼrifat va diniy bağrikenglik” maxsus rezolyutsiyasini taklif qilgan, hujjat BMTga aʼzo barça davlatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangan. Rezolyutsiyada bağrikenglik va özaro hurmatni mustahkamlaş, diniy erkinlikni taʼminlaş, turli millat va din vakillari huquqini himoya qiliş vazifalari belgilangan.
Ayni payt mazkur taşabbuslar maʼrifiy islom ğoyasini ilgari suriş, diniy bağrikenglik muhitini mustahkamlaş va sivilizatsiyalar örtasidagi muloqotni rivojlantirişni global kun tartibi ustuvor yönalişiga aylantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uşbu siyosiy-diplomatik taşabbuslarning mantiqiy davomi sifatida 2026-yil iyul oyida Toşkent, Samarqand va Termiz şaharlarida taşkil etilgan “Islom sivilizatsiyasi: tinçlik, bağrikenglik va ilm-maʼrifat yöli” mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi mamlakatimizning mazkur sohadagi saʼy-harakatlarini yangi bosqiçga olib çiqdi. Anjuman 50 mamlakatdan 300 ga yaqin xorijiy mehmon iştirokida tinçlik, bağrikenglik va maʼrifat ğoyalari muhokama qilingan yirik platformaga aylandi.
Mazkur forum haqida Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi birinçi prorektori, siyosiy fanlar doktori, professor Habibullo Sadibaqosev fikrini keltiriş örinli:
– Özbekiston bugun xalqaro munosabatlarda “Diniy-maʼrifiy diplomatiya”ning öziga xos milliy modelini şakllantirmoqda. Maʼrifiy islom ğoyasini, diniy bağrikenglik va sivilizatsiyalar örtasidagi muloqotni taşqi siyosatning muhim gumanitar yönalişi sifatida ilgari surişga asoslangan bu model mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlaşga xizmat qiluvçi yangi diplomatik yondaşuv sifatida namoyon bölmoqda.
Şu örinda “Diniy-maʼrifiy diplomatiya” iborasiga eʼtibor qarataylik. Diniy-maʼrifiy diplomatiya – davlatning taşqi siyosatda din va maʼrifatning tinçliksevar, insonparvar mohiyatidan foydalanib, mamlakatlar va xalqlar örtasida işonç hamda özaro hurmatni mustahkamlaş yölidagi faoliyatidir. Bundan közlangan maqsad din nomidan böladigan har qanday nizo va zöravonlikning oldini oliş, jaholatga qarşi maʼrifat orqali kuraşiş, islom dinining tinçlik dini ekanini taʼkidlaşdir.
Özbekistonda bu yönaliş tasodifiy taşabbuslarga emas, izçil davlat siyosatiga tayanadi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marğinoniy, Bahouddin Naqşband, Ahmad Yassaviy kabi buyuk allomalar merosini çuqur örganiş va dunyoga tanitiş yölidagi saʼy-harakatlar, Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi va Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazi bunyod etilişi, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi taşkil etilişi, xalqaro anjuman va seminarlar muntazam ötkazilişi, BMT va boşqa nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik yölga qöyilişi ayni izçil işlarning yorqin ifodasidir. Bunday yondaşuv tufayli bugun Özbekiston dunyoda islom ilm-fani va madaniyati markazi, diniy bağrikenglik va tinçlik ğoyalari tarğibotçisi sifatida eʼtirof etilmoqda.
Qolaversa, diniy-maʼrifiy diplomatiyaning milliy modeli Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan uzviy uyğun rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Jaholatga qarşi maʼrifat” ğoyasi, diniy bağrikenglik va vijdon erkinligini taʼminlaş, muqaddas qadamjolar hamda buyuk alloma bobokalonlarimiz merosini tiklaş, yoşlarni yot ğoyalardan himoya qilişga qaratilgan izçil davlat siyosati uşbu yönalişlarning mustahkam asosini taşkil etadi.
Mamlakatimiz islohotlari nafaqat içki hayot, balki taşqi siyosatda ham oçiqlik, özaro hurmat va hamkorlik tamoyili asosida izçil amalga oşirilmoqda. Özbekistonning diniy-maʼrifiy sohadagi taşabbuslari xalqaro miqyosda qöllab-quvvatlanayotgani, mamlakatimizga nisbatan işonç va eʼtibor ortib borayotgani Yangi Özbekiston islohotlari amaliy samarasi hamda tanlangan yölimiz töğriligini tasdiqlaydi.
“Öz Vatanim” deyiş faqat faxrlaniş emas, masʼuliyatni ham anglatadi. Bu ğoya har birimizga oddiy haqiqat – Vatan barçamizniki ekanini eslatadi. Millatidan qatʼi nazar, har bir inson şu yurtning teng huquqli farzandidir. Har kuni asraladigan qadriyat sifatida tinçlikni saqlaş, ğoyaviy xurujlarga befarq bölmaslik har birimizning vazifamiz. Til, urf-odat va eʼtiqoddagi xilma-xillik jamiyatni kambağallaştirmaydi, aksinça boyitişga xizmat qiladi.
Vatanga muhabbat boşqa millat va dinga nisbatan hurmatdan boşlanadi. Qöşnimiz, hamkasbimiz, özga eʼtiqod vakiliga oçiq köngil bilan munosabatda böliş eng oddiy va eng samarali vatanparvarlikdir.
Özbekistonda bağrikenglik çuqur tarixiy anʼana, qonuniy kafolat, davlat siyosati va xalqning kundalik hayotida yaşab kelmoqda. Davlatimiz rahbari boşçiligida amalga oşirilayotgan islohotlar uşbu anʼanani zamonaviy tizimga aylantirib, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni taraqqiyotning muhim şarti darajasiga kötargan.
Erkin Doripov,
Özbekiston xalqaro islomşunoslik
akademiyasi matbuot kotibi