Nukusda Berdaq ijodiga bağişlangan bilimlar bellaşuvi ötkazildi
Yaqinda Nukus şahrida Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamkorligida atoqli qoraqalpoq şoiri va mutafakkiri Berdaq tavalludining 200 yilligi oldidan “Berdaq ijodi bilimdoni” nomli olimpiada taşkil etildi.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ–147-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, yoş avlodning milliy adabiyotimizga bölgan qiziqişini oşiriş, ularni buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy meros ruhida tarbiyalaş maqsadida ötkazildi.

Olimpiadada Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi öquvçilari iştirok etib, qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Berdaqning hayoti, ijodiy faoliyati, asarlarida ilgari surilgan ğoyalar hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan öz bilim va iqtidorlarini namoyon etdi.
Anjumanda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi direktori Makset Uteniyazov, uşbu maktabning öquv işlari böyiça bölim boşliği Alişer Mademinov, Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Nargiza Alimova hamda akademiyaning Özbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri Matluba Murodova iştirok etdi.
Mazkur olimpiadaning ahamiyati avvalo, yoşlarni xalqimizning boy adabiy merosiga oşno etiş, ularda mustaqil fikrlaş, badiiy asarlarni tahlil qiliş va ijodiy yondaşuv könikmalarini şakllantiriş bilan belgilanadi.

Maʼlumki, Berdaq qoraqalpoq adabiyoti tarixida öziga xos örin egallagan, ijodi orqali xalqning orzu-intilişlari, ijtimoiy hayoti, maʼnaviy qadriyatlari va insonparvarlik ğoyalarini tarannum etgan buyuk söz sanʼatkoridir. Uning asarlarida adolat, maʼrifat, vatanparvarlik, insoniylik va xalqparvarlik kabi ezgu tuşunçalar alohida örin tutadi.
Şu maʼnoda, “Berdaq ijodi bilimdoni” olimpiadasi yoşlarning nafaqat adabiy bilimlarini sinovdan ötkaziş, balki ularni şoir ijodining ğoyaviy-badiiy mohiyatini çuqur anglaşga undaşga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Bellaşuv nizomiga muvofiq, iştirokçilarning bilimi test topşiriqlari va ijodiy yozma işlar orqali baholanişi belgilandi. Xususan, test sinovlari 25 ta savoldan iborat bölib, ularni bajariş uçun 50 daqiqa vaqt ajratildi. Ijodiy yozma işlar uçun esa 120 daqiqa belgilangan.
Taʼkidlaş joizki, bunday maʼrifiy taşabbuslar taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, iqtidorli yoşlarni aniqlaş va ularning ijodiy salohiyatini röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, oliy taʼlim muassasalari bilan ijod maktablari örtasidagi uzviy aloqalar öquvçilarning ilmiy-ijodiy izlanişlarini rağbatlantiriş, ularni kelgusidagi taʼlim bosqiçlariga tayyorlaş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Iroda Ahmadova,
ÖzDXA “Sanʼatşunoslik” taʼlim yönalişi 2-bosqiç talabasi