Bir bayroq ostida birlaşib
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostidagi bayroq estafetasi Samarqandda davom etdi.
11-noyabrda Nukus, Termiz va Andijon şaharlaridan uç yönalişda boşlangan va Toşkent şahri sari yöl olgan bayroq estafetasining janubiy yönalişidagi ulkan bayroq keça Samarqand viloyatining Nurobod tumanida qaşqadaryoliklardan qabul qilib olingandi.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bölimi xodimlari, huquq-tartibot idoralari vakillari, harbiy xizmatçilar, yoşlar va keng jamoatçilik vakillari tantanali yuriş bilan bayroqni Samarqand şahri sari olib keldi.
Bugun ertalab Davlat bayroği Samarqand şahridagi Registon maydoni uzra keng yoyildi. Söngra harbiy xizmatçilar tomonidan viloyat va şahar jamoatçiligi hamda “Vatanparvar avtokarvoni” hamrohligida Registon köçasi va Universitet xiyobonidan olib ötilib, Köksaroy maydoniga keltirildi.
[gallery-32524]
– Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği – mustaqilligimiz, ğururimiz va birligimiz timsoli, – deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati bölimi rahbari Xolbek Köbayev. – Uni baland kötariş, unga hurmat körsatiş har birimiz uçun şaraf, ham yuksak masʼuliyatdir. Turli soha vakillari, jumladan, harbiylarimiz va keng jamoatçilikning mazkur tadbirlardagi faol iştiroki yoş avlod qalbida vatanparvarlik tuyğusini singdirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aslida ham mazkur tadbirdan közlangan maqsad, barçamizni bir bayroq ostida birlaştirib, ona Vatanimizga bölgan muhabbat va sadoqatimizni, milliy ğurur va iftixorimizni yanada kuçaytirişdir.
Estafeta bayroği Jomboy va Bulunğur tumanlaridan olib ötilib, kunning ikkinçi yarmida Jizzax viloyati vakillariga tantanali ravişda topşiriladi.
Ğ.Hasanov, A.Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari