Ma’lumki, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumida ilk bor umumta’lim maktablari o‘quvchilari, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari va mahalla yoshlari o‘rtasida alohida-alohida tartibda sport musobaqalari, tanlovlar va intellektual o‘yinlar tashkil etilmoqda.

Bugungi kunga qadar olimpiada doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali jami 7 million 430 ming nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.    

“Besh tashabbus olimpiadasi” mahalla yoshlari o‘rtasida besh bosqichda, jumladan, mahalla, sektor, tuman(shahar), hududiy va respublika qamrovida tashkil etilmoqda.  

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan Besh tashabbus olimpiadasining respublika bosqichlari loyihalari ma’lum qilindi.  

Ta’kidlanishicha, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishga oid “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi.    

Xususan, mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalar, jumladan, “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” tanlovining respublika bosqichi 11-14 dekabr kunlari Jizzax viloyatida, Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish maqsadida “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol sport musobaqasi o‘smirlar o‘rtasida 22-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida, 26-29 noyabr kunlari Farg‘ona viloyatida, 15-18 noyabr kunlari Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tadi. “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol sport musobaqasi qizlar o‘rtasida) 21-24 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatida, 20-23 noyabr kunlari Namangan viloyati, 26-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladi.    

“Bosh prokuror kubogi” uchun o‘g‘il va qizlar o‘rtasida kurash musobaqasi 2-4 dekabr kunlari Buxoro viloyatida, Gimnastrada musobaqasi 27-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida, “Zakovat” intellektual o‘yini 10 dekabr, maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi esa 22-25 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.  

Shuningdek, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi 20-22 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual olimpiada esa 13-17 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.    

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichi loyihalari e’lon qilindi