Stol tennisi bo‘yicha "Besh tashabbus olimpiadasi" g‘oliblari aniqlandi
Farg‘ona viloyatida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha qizlar musobaqasining respublika final bosqichi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralangan yosh sportchilar uchta yosh toifasida g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqaning 16–21 yosh toifasidagi bahslarda Xorazm viloyati vakili Jumangul Salimova birinchi o‘rinni egalladi. Sirdaryolik Shahzoda Xo‘jaqulova ikkinchi, andijonlik Muxlisa Mamajonova uchinchi bo‘ldi.
Shuningdek, 22–26 yosh toifasida Dilnoza Erkinova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Madina Shomurodova va Raxyona Nuritdinova kuchli uchlikni band etdi. 27–30 yosh tasnifida Muqaddas Kamolova g‘olib bo‘ldi. Muazzam Bazarova ikkinchi, Yulduz Xudaybergenova uchinchi o‘rinda qayd etildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA