“Zakovat”bellashuvi g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi hamda “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasida nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida “Zakovat” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan, assotsiatsiyaga a’zo bo‘lgan 8 ta nodavlat notijorat tashkiloti jamoalari ishtirok etgan bellashuvda ishtirokchilar o‘zlarining bilim va iqtidorlarini namoyish etdi.

Belgilangan shartlar asosida qiziqarli o‘tgan bellashuv jarayonida ishtirokchilar jamoaviy hamkorligi, tezkor fikrlash va qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari qay darajada ustun ekanliklarini ko‘rsatdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Hamroh” NNTning “Hamroh” jamoasi eng yuqori ball jamg‘arib, birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rin Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining “Yoshlar” jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limining “Yuksalish” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
F. Ubaydullayev, O‘zA