Milliy qadriyatlar – barkamol avlod tarbiyasining poydevori
FOTOREPORTAJ
Bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ajdodlar merosini asrab-avaylash va ular ongiga chuqur singdirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki millat kelajagi yoshlarning ma’naviyati, qadriyatlarga munosabati va Vatanga sadoqati bilan uzviy bog‘liq.
Andijon shahridagi Prezident maktabida ta’lim-tarbiya jarayoni zamonaviy bilimlar bilan birga milliy qadriyatlarga tayangan holda tashkil etilgan. Bu yerda o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur, vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
[gallery-28889]
Maktabda “Qadriyatlar haftaligi”, “Milliy liboslar kuni” kabi tadbirlar muntazam o‘tkazilib, o‘quvchilar milliy urf-odat va an’analar bilan yaqindan tanishmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy raqslar va sahna chiqishlari orqali qadimiy an’analar zamonaviy talqinda namoyon etilmoqda.
Shuningdek, adabiyot, teatr, raqs va hunarmandchilik to‘garaklari o‘quvchilarning iqtidorini rivojlantirib, ularda milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
“Qadriyatlarni qadrlaymiz” shiori ostida o‘tkaziladigan yoshlar sayllari ham o‘quvchilarning ijodiy va jamoaviy faolligini oshirishga qaratilgan. E’tiborlisi, o‘quvchilar bu jarayonlarning faol ishtirokchi sifatida liderlik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV olgan(surat), O‘zA