Tayinlov
Xalq deputatlari Farg‘ona, Beshariq, O‘zbekiston tumanlari hamda Marg‘ilon shahar kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Uning ishida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyalarda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Mashrapov Nodirjon Ro‘ziboyevich Farg‘ona tumani hokimi, Novikov Ilyos Valeriyevich Beshariq tumani hokimi, Jo‘rayev Rasuljon Karimovich O‘zbekiston tumani hokimi hamda Rustamov Elbek Rustamovich Marg‘ilon shahar hokimi etib tasdiqlandi.



Avvalroq Farg‘ona tumani hokimi Hamidullo Inomov, O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov, Marg‘ilon shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonovlar vazifasidan ozod qilingan edi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA