Orzudan amaliy natija sari intilayotgan yoshlar (+video)
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi Shahzod Umirov o‘zining bilim va tajribasini yoshlarga ulashib kelayotgan tashabbuskor yoshlar qatoridan joy olgan.
U avval turli o‘quv markazlarida faoliyat yuritib, tajriba orttirgan bo‘lsa-da, qalbida o‘z o‘quv markazini tashkil etish orzusi bor edi. Aynan shu maqsad sari intilib, Yoshlar ishlari agentligining “Ko‘mak” loyihasi haqida xabar topdi va mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida ssuda olib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Bugungi kunda u tashkil etgan o‘quv markazida 4 ta guruh faoliyat yuritmoqda va Shahzodning o‘zi bevosita dars berib, yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatmoqda. Eng e’tiborlisi, ushbu tashabbus tufayli mahalladagi yoshlar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyati yanada yaqinlashdi.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/EI1QXDjj8Fw?si=RwWYIW9ixz4YQlRa" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj),
O‘zA