Yalangto‘sh Bahodir – buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda (+video)
Yalangto‘sh Bahodir — o‘zbek xalqi va kishilik tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi. Yalangto‘sh Bahodir tug‘ilgan kunining 450 yilligiga bag‘ishlab FA Tarix institutida uyushtirilgan umummilliy yig‘ini — buyuk bobomizning shaxsiyati, siyosiy, harbiy, iqtisodiy faoliyati, homiylik va me’morchilik ishlarining o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini o‘rganishdagi ahamiyatiga bag‘ishlandi.
Tadbirda Yalangto‘sh Bahodirning o‘zbek xalqi, Turon va umuman kishilik o‘tmishidagi o‘rnini tadqiq etishning dolzarbligi, ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha yuritgan siyosati va homiylik faoliyatini, xususan, uning tashabbusi bilan qurilgan Sherdor, Tillakori madrasalari nafaqat me’moriy inshoot, balki Turkistonning muhim ta’lim va ilmiy markazlaridan biri bo‘lgani atroflicha tahlil qilindi.
“Yalangto‘sh Bahodir – buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda” umummilliy yig‘inda e’lon qilingan ilmiy natijalar, ma’rifiy fikrlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning buyuk bobomizning boshqaruv va harbiy mahorati, iqtisodiy va me’moriy merosi bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/87Qsbm3hxe4?si=0NpH5eSy6gO4lCDO" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA