Nurota “Chashma”si — asrlar merosi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Nurota tumani hududida joylashgan “Chashma” majmuasi asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan muqaddas maskanlardan biri hisoblanadi. Bu hudud nafaqat tarixiy obida, balki tabiat va ma’naviyat uyg‘unlashgan noyob ziyoratgoh sifatida ham ahamiyat kasb etadi.
Majmuaning markazida joylashgan musaffo buloq suvi yil davomida barqaror haroratda oqib turadi. Bu yerdagi baliqlar muqaddas sanalib, ularga zarar yetkazish qat’iyan man etilgan. Suvning tiniqligi va atrof muhitning sokinligi maskanga o‘ziga xos fayz bag‘ishlaydi.
Bugungi kunda “Chashma” majmuasi nafaqat ziyoratchilar, balki sayyohlar uchun ham muhim manzillardan biriga aylangan. Hududda saqlanib qolgan qadimiy masjid va tarixiy inshootlar o‘tmishning jonli guvohi sifatida xizmat qilmoqda. Ayniqsa, dam olish kunlari bu yerda ziyoratchilar oqimi ortadi.
[gallery-29123]
Nurota tumanidagi “Chashma” majmuasi xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadi. Uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning muhim vazifamizdir.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA