Namunali oilalar – jamiyat tayanchi
Inson ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi.
15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oilamiz – kelajagimiz” oyligi doirasida Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar vakillari poytaxtimizdagi ko‘p yillardan buyon ahil-inoq yashab kelayotgan namunali oilalar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ibratli oilalar tajribasini o‘rganish hamda ularning hayotiy faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan mazkur samimiy muloqot jarayonida oilalarning turmush tarzi, farzand tarbiyasi hamda jamiyatdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.


Mamlakatimizda inson qadr-qimmatini oshirish, xalq farovonligini ta’minlash va oilalar tinchligini asrashga oid islohotlar xususida suhbatlashildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA