Sudyalar ishtirokida seminar
Xorazm viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tashabbusi bilan Shovot tumanida “Mehnat nizolari va oilaviy nizolarning oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat sudi sudyasi B.Abdullayev, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi raisi A. Rahimov va boshqa sudyalar tuman hokimligi mutasaddilari, davlat tashkilotlari vakillari, huquqshunoslar, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Seminarda xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishda qonunchilik talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismi “Oilaviy nizolarning oldini olish” mavzusida davom etdi.

Unda nikohdan ajralishning salbiy oqibatlari, bolalar manfaatlarini himoya qilish hamda maishiy zo‘ravonlik holatlarida xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida nizoli oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, oilalarni saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA