Kibermadaniyatni yuksaltirish – dolzarb vazifa
FOTOREPORTAJ
Bugungi kunda kiberxavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kibermadaniyatni yuksaltirish dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda.
Buxoro viloyati Jondor tumanida faoliyat yuritayotgan inspektor-psixolog, katta leytenant Zarnigor Tillayeva tomonidan bu borada hududlarda muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Inspektorga biriktirilgan hududdagi 6 ta umumta’lim maktabida jami 5 ming 756 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Shuningdek, “Oydin”, “Jamiyat”, “Pomish” va “Yosh kuch” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.
Tadbirlar davomida aholi, ayniqsa, yoshlarga internetdan to‘g‘ri foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalardan ehtiyot bo‘lish, bank kartalari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berilmoqda.
[gallery-29073]
Bunday targ‘ibot tadbirlari fuqarolarning axborot xavfsizligi borasidagi bilimini mustahkamlash, internet makonida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish va kibermadaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA