Askarlarning Vatanga qasamyodi
Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Chegara qo‘shinlari mas’ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, askarlarning ota-onalari ishtirok etdi.
[gallery-28852]
Marosim avvalida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, muddatli harbiy xizmatga jalb etilgan askarlar endilikda armiyada harbiy bilim va ko‘nikmalar bilan birga kasb-hunar, xorijiy tillarni o‘rganishi mumkinligi, xizmat davrida oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish uchun sinovlar topshirish imkoniyati yaratilgani qayd etildi. Xizmatdan keyin ham ular jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Tadbirda bu yilgi chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga jalb qilingan chaqiriluvchilar Vatanga qasamyod qildi.
Marosim qatnashchilari askarlarga bir yillik xizmatda muvaffaqiyat tiladi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari