Aholi murojaatlari tahlil qilindi
Jizzax viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari F.Omonov hamda viloyat hokimi U.Mustafoyev ishtirokida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va 2026-yilning birinchi yarim yilligida bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Jizzax viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi mudirining o‘rinbosari lavozimiga Bayrambek Uzoqov tayinlanganini e’lon qilib, uni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.

Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, takroriy murojaatlarning oldini olish, murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolarni tizimli asosda hal etish hamda davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, har bir murojaatning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish va aniq yechimlar ishlab chiqish davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari