Qisqa xabarlar (+video)
Yurtimiz hayotiga oid yangiliklar tafsiloti bilan "Qisqa xabarlar" dasturi
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 8-iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga jo‘nab ketdi.
- Sergeli avtobozori to‘liq raqamlashtirildi: OAV uchun press-tur o‘tkazildi.
- Ichki a’zosiga 184 mln so‘mlik oltin yashirgan shaxs aniqlandi.
- O‘zbekiston va Xitoy Shanxayda 300 mln dollarlik investitsiya loyihasi ijrosini muhokama qildi.
- “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va ularning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish doirasida navbatdagi qonunbuzilish holati aniqlandi.
- Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida boks bo‘yicha U19 va U23 yosh toifasida davom etayotgan Osiyo chempionatining uchinchi kungi janglarida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi jang o‘tkazadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IHSqVCnMZr0" title="Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqubjon Meliboyev, O‘zA