«Yaylov çiptasi» aholi çorvasiga tösiq böladimi? - Mutaxassislar masalaga oydinlik kiritdi
Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda «endi oddiy dalalarda öt öriş yoki mol boqiş uçun ham maxsus ruxsatnoma oliş şart bölar ekan», degan mazmundagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bölmoqda.
Xususan, mamlakatimizda «örmon çiptasi» tizimi amalda bölgan bir şaroitda «yaylov çiptasi» mexanizmining taklif etilişi aholi orasida turli savollarni keltirib çiqardi.
Xöş, aslida vaziyat qanday? Yaylovlar kimning tasarrufida va yangi tartib qişloq aholisining şaxsiy xöjaligidagi çorva mollariga qanday taʼsir körsatadi? Uşbu savollarga Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi axborot xizmati rahbari Dilşod Istamov batafsil javob berdi.
–Bugungi kunda respublikamizdagi jami 21,2 million gektar yaylov va piçanzorlar ikkita yirik yönaliş asosida taqsimlangan. Xususan, qariyb 3 million gektar yer maydoni Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi tasarrufidagi örmon fondi yerlari sirasiga kiradi. Amaldagi qonunçilikka muvofiq, aynan mana şu hududlarda piçan öriş yoki çorva boqiş istagida bölgan fuqarolar uçun avvaldan elektron şaklda «örmon çiptasi»ni rasmiylaştiriş tartibi joriy etilgan.
Qolgan 16,3 million gektar umumiy yaylov maydonlari esa Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi hisobida turadi. Hozirgi vaqtda uşbu yerlardan çipta asosida foydalaniş amaliyoti mavjud emas.
Joriy yilning 10-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «Yaylovlar töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi. Mazkur hujjat yaylovlarning tanazzulga uçraşi, yaʼni degradatsiyasining oldini oliş, çorvaçilikda ozuqa bazasini mustahkamlaş hamda yer resurslaridan oqilona va tizimli foydalanişni yölga qöyiş maqsadida işlab çiqilgan.
Qonun loyihasining 30-moddasida yuridik va jismoniy şaxslarga yaylovlardan ijara şartnomasi yoki «yaylov çiptasi» orqali foydalaniş huquqini beriş taklif etilmoqda. Bunda inson omilini çeklaş, barça jarayonlarni oçiq va şaffof taşkil etiş, şuningdek, böş turgan yer maydonlarini elektron auksion vositasida muomalaga kiritiş uçun «E-yaylov» raqamli platformasi imkoniyatlaridan keng foydalaniş közda tutilgan. Eʼtiborli jihati şundaki, yangi hujjat yaylovlardan nafaqat anʼanaviy çorvaçilik, balki asalariçilik, dorivor ösimliklar yetiştiriş hamda ekoturizmni rivojlantiriş yönalişlarida foydalaniş uçun ham mustahkam huquqiy zamin yaratadi.
Aholini eng köp qiziqtirayotgan «endi şaxsiy xöjalikdagi mollar qayerda boqiladi» degan savolga ham loyihada aniq yeçim belgilangan. Uşbu hujjat hozirça faqat qonun loyihasi maqomida bölib, birinçi öqişda maʼqullangan xolos. Demak, undagi qoidalar hali qonuniy kuçga kirgan majburiy talab emas va bugungi kunda aholidan oddiy dalalarda öt öriş uçun heç qanday ruxsatnoma söralmaydi.
Bundan taşqari, qonun loyihasini tayyorlaşda qişloq aholisining hayotiy manfaatlari alohida hisobga olingan. Hujjat normalariga köra, fuqarolar öz xonadonidagi çorva mollarini boqişi uçun mahalliy hokimliklar tomonidan alohida «jamoat yaylovlari» ajratilişi qatʼiy belgilab qöyilmoqda. Bu esa aholining çorva mollarini boqiş bilan boğliq ehtiyojlarini töliq kafolatlaşga xizmat qiladi.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «öt öriş uçun ham ruxsatnoma şart» qabilidagi xavotirlar heç qanday asosga ega emas. «Yaylov çiptasi» mexanizmi tabiiy yaylovlarni asrab-avaylaş va ulardan samarali foydalanişga qaratilgan bölib, qişloq aholisining öz çorvasini bemalol boqişi uçun qonun doirasida maxsus «jamoat yaylovlari» ajratilişi taʼminlanadi.
Gulnoza Boboyeva yozib oldi.
ÖzA