Nuroniylarning Aydarkölga sayohati taşkil etildi
Yurtimizda keksa avlod vakillarini eʼzozlaş, ularning salomatligini mustahkamlaş va maroqli hordiq çiqarişlarini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Ana şunday xayrli taşabbuslarning mantiqiy davomi sifatida anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan — «Keksalar uçun turizm oyligi» doirasida joylarda qator maʼnaviy-maʼrifiy va sayohat tadbirlari taşkil etilmoqda.
Xususan, Toşkent şahar hokimligi tomonidan bir guruh faol nuroniylar uçun tabiati gözal va havosi musaffo bölgan Aydarköl böyidagi zamonaviy dam oliş va soğlomlaştiriş maskaniga sayohat taşkil etildi.

Yurtimizda keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oşiriş, ularning mazmunli hordiq çiqarişi va salomatligini mustahkamlaşi uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida taşkil etilgan mazkur taşabbus Toşkent şahar «Nuroniy» jamğarmasi hamkorligida amalga oşirildi.

Sayohat davomida otaxon va onaxonlar Aydarköl sohilidagi dam oliş maskani, bu yerda yaratilgan şaroitlar, maişiy va tibbiy xizmatlar bilan yaqindan tanişdi. Ayniqsa, Aydarköl böylab yaxtada sayr qiliş nuroniylarga unutilmas taassurot va kötarinki kayfiyat bağişladi.

Taşkil etilgan sayohatdan mamnun bölgan nuroniylar özlariga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlik uçun minnatdorlik bildirib, yurtimiz tinçligi va farovonligi yölida ezgu duolar qildi.
Keksa avlod vakillariga ehtirom körsatiş, ularning faol va mazmunli hayot keçirişi uçun imkoniyatlar yaratiş mamlakatimizdagi ijtimoiy taşabbuslarning muhim yönalişlaridan biri bölib qolmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA