Kasb tanlaşda şaxsiy qiziqiş asosiy mezon bölişi kerak
Kasb tanlaş insonning butun kelajagini belgilab beradigan eng muhim qarorlardan biri bölib, bu boradagi xatolik nafaqat kareraga, balki salomatlikka ham jiddiy taʼsir körsatadi.
Inson hayotidagi eng muhim qarorlardan biri — qaysi kasb egasi bölişini tanlaş. Çunki kasb nafaqat daromad manbai, balki insonning jamiyatdagi örni, kundalik hayoti va kelajakdagi imkoniyatlarini ham belgilaydi. Maktabni bitirayotgan yoş oldida odatda bitta katta savol turadi: “Kim bölaman?”. Bu savolga javob topiş esa har doim ham oson emas.
Baʼzan kasb bolaning qiziqişi va qobiliyatiga qarab emas, uning örniga boşqalarning istagi bilan tanlanadi. “Bu kasb nufuzli”, “Buning daromadi yaxşi”, “Falonçining farzandi ham şu yönalişda öqiyapti”, degan qaraşlar yoşning öz xohişidan ustun kelib qoladi. Natijada esa qölida diplom bor, ammo egallagan kasbiga qiziqişi yöq mutaxassis paydo böladi.
Buni hayotiy bir misolda köriş mumkin. Maktabni tamomlagan sinfdoşim Jamşidning ota-onasi uning iqtisodçi bölişini istardi. U ham ota-onasining gapidan çiqmay, şu yönalişda öqişga kirdi. Ammo Jamşidning asl qiziqişi bolaligidan texnikaga boğliq edi. Böş vaqtida eski buyumlarni taʼmirlar, kompyuter va elektron qurilmalar qanday işlaşiga qiziqardi. Bir neça yil ötgaç, u öz qiziqişidan voz keça olmasligini tuşundi va axborot texnologiyalari sohasida öqişni boşladi. Bugun esa özi sevgan yönalişda mehnat qilmoqda va daromad ham şunga yaraşa.
Bu oddiy misol bir haqiqatni eslatadi: inson öziga mos kasbni topganida, mehnat uning uçun faqat majburiyat bölib qolmaydi. Aslida, har bir kasbning öz örni bor. Jamiyatga şifokor va öqituvçi qançalik zarur bölsa, malakali elektr ustasi, quruvçi, mexanik, dasturçi, tikuvçi yoki oşpaz ham şunçalik kerak. Muhimi, kasbning nomi emas, uni egallagan insonning bilimi va mahoratidir.
Baʼzi hollarda ota-onalar farzandlarining qiziqişi, istaklariga qarşi çiqib, faqat moddiy köproq manfaat keltiradigan kasblarga yönaltiradi. Yoki özi bir paytlar tanlamoqçi bölgan, ammo erişa olmagan kasbda farzandini körişni istaydi. Biroq, köp holatlarda yoşlar ota-onasining faxrlanib yurişi uçun ular tanlab bergan kasbda özini sinab körişni istaydi-yu, özining qiziqişlari va tanlamoqçi bölgan kasbi mutlaqo boşqa böladi. Farzandining istagi va qaraşlari ota-onasiniki bilan mutlaqo farq qilişi mumkinligi esa albatta, tabiiy hol. Köp holatlarda buni tan olişni istamaydigan ota-onalar özi bilmagan holda farzandining kelajagiga taʼsir ötkazadi.
Töğri, farzand özi istab tanlamagan sohada öqişi, şu kasbda işlaşi ham mumkindir. Ammo bu kasb bilan uning jamiyatda özini topişi qiyin bölişi mumkin. Sababi, özi istagan kasbga qobiliyati böla turib, farzand çin quvvatni bir vaqtlar ota-onasi tanlab bergan kasbga yönaltira olmasligi mumkin-da.
Bu esa öz örnida stressga yoki kelgusidagi faoliyati davomida muvaffaqiyatsizliklarga yoki butkul yana boşqa kasbni tanlaşga majbur qilişi mumkin.

—Işdan köngli tölmagan va nevrozga çalingan odam topayotgan daromadidan ham qoniqmaydi, bu esa oilaviy yetişmovçilik va boşqa muammolarni keltirib çiqaradi. Töğri, bunday bemorlar çuqur depressiyaga tuşib qolmaydi va öz sohasida işlaşda davom etadi, ammo doimiy ruhiy zöriqişda yuradi. Ota-onalar farzandiga töğri yöl körsatişi mumkin, lekin eng töğri qaror bolaning şaxsiy iqtidoridan kelib çiqişi kerak. Hammaning oliy maʼlumotli bölişi şart emas — maktab yoki kollejda umumiy taʼlim olib, iqtidoriga qarab biror hunar egallaş ham juda katta yutuq. Şundagina farzand kelajakda öz hayotidan mamnun bölib yaşaydi, —deydi, nevropatolog, neyrofiziolog Sobitjon Qurbonov.
Professor Zarifboy Ibodullayev ham bu masalada ota-ona faqat yönaltiruvçi kuç bölişi, bolaning qiziqişi esa birinçi planda turişi kerakligini taʼkidlaydi:

—Maktabni bitirgunimça kasbga bölgan qiziqişim tört marta özgargan: ekskavatorçi, fizik, muhandis bölmoqçi bölganman, oxiri onamning kasalligi sabab şifokorlikni tanlaganman. Hozir bolani qiziqqan sohasidagi korxona yoki muassasalarga olib borib, öşa kasbning asl mohiyatini körsatiş imkoniyati bor. Ota-ona “biznesim kimga qoladi” deb bolani majburlamasligi kerak — agar u ilm-fanga qiziqsa, öz yölidan ketgani maʼqul. Eng muhimi, kim bölişidan qatʼi nazar, farzandni yoşligidan mehnatga örgatib boriş zarur, — deydi u.
Şu tariqa bugungi zamonaviy jamiyatda kasb tanlaş masalasi yanada dolzarb. Özbekistonda har yili yuz minglab yoşlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Şu bois yoşlarning zamonaviy va talab yuqori bölgan kasblarni egallaşi nafaqat ularning şaxsiy kelajagi, balki mamlakat iqtisodiyoti uçun ham muhim.
Qolaversa, kasbiy taʼlimga eʼtibor kuçayib borayotgani ham bejiz emas. Bugun texnikum va kasb-hunar taʼlimi orqali turli yönalişlarda amaliy bilim va könikmaga ega bölayotgan yoşlarning soni ortmoqda. Bu esa mehnat bozorida aniq bilim, amaliy könikma va malakaga ega mutaxassisga talab yuqori ekanini körsatadi.
Şuning uçun kasb tanlaşda faqat bugungi kun emas, kelajak haqida ham öylaş kerak. Texnologiyalar rivojlanmoqda, ayrim kasblar özgarib bormoqda, yangilari paydo bölmoqda. Ammo qanday şaroit bölişidan qatʼi nazar, bilimini muntazam yangilaydigan, öz ustida işlaydigan va mehnatdan qoçmaydigan mutaxassisga ehtiyoj doimo böladi.
Inson sevgan kasbini tanlasa, iş uning zimmasidagi yuk emas, hayotdagi öz örnini topiş yöliga aylanadi.
Mohiçehra Eşmirzayeva,
ÖzA